O‘zbekiston | 13:48 / 25.08.2021
2074
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda fuqaroga tomorqa uchun yer olib berishini aytib pul olgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida fuqaroga tomorqa uchun yer olib berishni va’da qilib pul olgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro A.H. tumandagi «N.» fermer xo‘jaligiga qarashli qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 27 sotix yerni boshqa bir fuqaroga tomorqa sifatida sotishni rejalashtirib, oldindan 67 million so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid