Financial Times naşrida zamonaviy Özbekistonga bağişlangan maxsus hisobot çop etildi. 11ta maqoladan iborat hisobotdan iqtisodiy ösiş, xususiylaştiriş, xalqaro bozorlarga kiriş, yaşil energetika, raqamli iqtisodiyot, inson huquqlari, mintaqaviy xalqaro munosabatlar, aholişunoslikka doir maqolalar örin olgan.

Hukumatning yuqori darajasida aniq ta'sirga ega bölgan çet elliklarning bölişi Markaziy Osiyoda kamdan kam uçraydigan holatdir. Ötgan yilning sentabr oyida Özbekiston prezidentining iqtisodiy rivojlaniş, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlangan Suma Çakrabarti şunday insonlardan biri. Unga Toşkentga xalqaro investorlar, moliyaçilar va korporatsiyalarni jalb qiliş böyiça faoliyat olib boriş ham yuklatilgan.

Financial Times öz maqolasida mutaxassisning Toşkentdagi faoliyati va mamlakatdagi özgarişlar yuzasidan bildirgan fikrlarini keltirib ötgan.

Suma Çakrabartining özi uşbu qarorni quyidagiça izohlagan: 

«Men tayinlanişimning ğayrioddiy ekaniga qöşilaman. Menimça, bu çorak asrlik nisbiy izolyatsiyadan söng Özbekiston hukumatiga xalqaro tajribaga ega bölgan va yangi ma'muriy islohotlarining «sifatini ta'minlaş» bilan aloqasi bor odamga muhtojlikni tuşunişdan kelib çiqqan deb öylayman», — deydi u.

Avvalgi Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki rahbari lavozimida mutaxassis ilk bor 2017 yil boşida Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşgan.

Suma Çakrabarti 2012 yil iyulidan 2020 yil iyuligaça YeTTB prezidenti bölib işlagan. YeTTBga rahbarlik qilişdan avval u Xalqaro taraqqiyot departamentining doimiy kotibi (2002-2007) bölgan va Birlaşgan Qirollikning Adliya vazirligida (2007-2012) işlagan. 

«Men şaxsan prezidentga va u orqali tegişli taşkilotlarga maslahatlar beraman. Prezidentni asosan, iqtisodiy rivojlaniş, Özbekistonning xalqaro moliya bozori bilan munosabatlari va davlat boşqaruvini qanday yaxşilaş sohalaridagi maslahatlar köproq qiziqtiradi».

Çakrabarti lavozimdagi birinçi yili davomida iqtisodiy islohotlar dasturini işlab çiqişga kömaklaşdi. Mazkur dastur joriy yilning iyul oyida Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Dasturdagi yöl xaritasi ösişni rağbatlantiriş uçun önlab yangi taşabbuslarni, kiçik biznes sub'yektlari uçun yangi soliq kodeksi işlab çiqiş, korrupsiyaga qarşi qonunni yangilaşdan tortib, aviatsiya va temir yöl sohasidagi aktivlarni xususiylaştirişgaça qaratilgan harakatlarni öz içiga oladi.