«Yuksaliş» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov jurnalistlarning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş zarurligi haqida gapirdi.
Beş yil oldin Özbekiston dunyoga oçila boşladi. Transformatsion jarayonlar barça sohalarga, jumladan, söz erkinligi va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga özining ijobiy ta'sirini körsatdi.
Davlatimiz rahbari jurnalistlar Prezident himoyasida bölişini köp bora takrorlab, söz erkinligi, davlat organlarining oçiqligi va şaffofligi davlat siyosatining ustuvor yönalişlari ekanligini ta'kidlab kelmoqda. Natijada, qisqa davr içida söz erkinligi va oçiqlik — jamiyatning muhim qadriyatlaridan biriga aylandi.
Ayni paytda, yangi voqelikka moslaşişga tayyor bölmagan ayrim davlat xizmatçilari jurnalistlar faoliyatiga tösqinlik qilib, OAVga bosim ötkaziş kabi "eskiça" yondaşuvlarni qöllaş harakatlari ham uçramoqda.
Şu sababli, bizning fikrimizça, ommaviy axborot vositalari faoliyati kafolatlarini kuçaytiriş maqsadida quyidagi keyingi bosqiç çoralarini köriş zarur, deb hisoblaymiz:
Birinçidan, "Ma'muriy javobgarlik töğrisida"gi kodeksga davlat xizmatçilari tomonidan jurnalistlarning huquqlarini buzganlik uçun javobgarlikni belgilovçi alohida moddani kiritiş, qayta sodir etilgan taqdirda, jinoiy javobgarlikni belgilaş kerak;
Ikkinçidan, jurnalistlarga huquqiy yordam körsatiş tizimini yaratiş lozim. Masalan, Zamonaviy jurnalistikani rivojlantiriş markazida OAV uçun yuridik klinika faoliyat körsatadi. Bunday institutlarni rivojlantiriş, media sohasi uçun huquqşunoslar, advokatlarni tayyorlaşni keng yölga qöyiş kerak;
Uçinçidan, faol islohotlar davrida ommaviy axborot vositalari ombudsmani institutini joriy etiş masalasini körib çiqiş maqsadga muvofiq. Balki, islohotlarning keyingi bosqiçlarida, özini özi boşqariş yondaşuvlari joriy qilinganidan keyin alohida ombudsmanga ehtiyoj qolmas, lekin bugungi kunda uşbu institut faoliyatiga aralaşuv holatlari bilan faol şuğullanişi mumkin bölardi.
Bundan taşqari, "Yuksaliş" umummilliy harakati keyingi yildan boşlab ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga tösqinlik qiliş holatlarini doimiy qayd qilib boruvçi "Onlayn monitor"ni işga tuşiriş, har yil yakunlari böyiça davlat organlari reytingini e'lon qilib borişni rejalaştirmoqda.

















