Joriy yil 6 aprel kuni Çiroqçi tumani XTBga qaraşli 134-maktab öqituvçisi Şohnur Oqqöziyev 2 baho qöygani uçun öquvçining akasi va boşqa qarindoşlari uni döpposlaşgan. Avgust oyida bölib ötgan sud majlisida aybdorlarga jazo tayinlangan. Ammo öqituvçi aybdorlarga yetarli jazo berilmadi deb hisoblamoqda.
Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning ma'lum qilişiça, Jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudining 2021 yil 6 avgustdagi hukmiga köra Şohnur Oqqöziyevni kaltaklagan B. H. Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.
Şuningdek, uşbu holat yuzasidan ma'muriy huquqbuzar, deb topilgan fuqarolar N. O. va J. O.ga oid ma'muriy iş 2021 yil 12 avgust kuni Jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudida körib çiqilgan. N. O. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan, deb topilib, unga nisbatan uşbu kodeksning 34-moddasi 2-qismiga asosan uzil-kesil BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. J.O. esa uşbu kodeksning 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan, deb topilib, unga nisbatan mazkur kodeksning 52-moddasi 2-qismi bilan BHMning 2 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, Şohnur Oqqöziyev kaltaklangandan söng, Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev kaltaklangan öqituvçi bilan onlayn muloqot qilib, vaziyatni şaxsan nazoratiga olganini ma'lum qilgandi.
















