Kun.uz muxbiriga köra, unda Markaziy saylov komissiyasi a'zolari majlisi qarori bilan prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi taşviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boşlanişi ma'lum qilingan. 

Tadbirda jurnalist Gruziya Respublikasida ötadigan saylovlarda har bir okrug böyiça natijalar elektron tarzda saylov komissiyasi saytida joylaştirilişi va şu tartibni Özbekistonda ham joriy qiliş borasida savol berdi.

«Gruziyadagi saylovlar vaqtida nomzodning har bir hudud böyiça qança ovoz olgani hamda saylovda qança saylovçi iştirok etganini elektron tabloda köriş mumkin.

Özbekistonda 10 ming 760 ta uçastka saylov komissiyasi taşkil etilgan. Agar bizda ham har bir saylovçining elektron hisobini yuritadigan qurilmalar örnatilsa, natijalarni yagona tabloda çiqarib qöyişimiz mumkin.

Biz 2009 yilda sinov tarzida 60 ta saylov uçastkasida şu kabi qurilmalarni örnatdik. Joriy yilda ham şu kabi qurilmalarni örnatiş masalasi turibdi. Bunda har bir tumandagi bittadan saylov uçastkasida 2 tadan kuzatuv kamerasi örnatiladi.

Bu amaliyot özini oqlasa va mamlakat iqtisodi kötarsa, saylovçilarning elektron hisobi yuritiladi. Markaziy saylov komissiyasi bu amaliyotning ijobiy va salbiy jihatlarni örganib çiqamiz», – dedi MSK kotibi Xudoyor Mamatov.