Kemaning ekipaj a'zolari bölgan kapsulasi AQŞning şarqiy vaqti bilan 18 sentabr soat 19:06da (Toşkent vaqti bilan 19 sentabr soat 04:06da) okeanga qöngan.
Falcon 9 raketa-taşuvçisi 3 kun avval Crew Dragon kemasini noprofessional tijorat ekipaji bilan birga 590 km balandlikdagi orbitaga olib çiqqandi. Uşbu balandlik hozirda Xalqaro koinot stansiyasi faoliyat olib borayotgan va avval amalga oşirilgan barça orbital boşqariluvçi parvozlar balandligidan yuqoriroqni taşkil qiladi.
Inspiration 4 deb nomlangan missiya doirasida fazoga amerikalik milliarder, Shift4 Paymens kompaniyasi rahbari, 38 yoşli Jared Ayzekman, St. Jude Çildren's Research Hospital davolaş-tadqiqot gospitali şifokori Xeyli Arseno, fazogirlikka sobiq nomzod Sian Proktor va Lockheed Martin kompaniyasi muhandisi Kristofer Sembroski yöl olgandi. E'tiborlisi ulardan birortasi professional fazogirlar hisoblanmaydi.
Parvoz uçun tölov töliq Ayzekman tomonidan amalga oşirilgan.

















