Navbatdagi şunday tadbirlardan biri, “Maroqand neft bazasi” MÇJ (keyingi örinlarda – Jamiyat deb yuritiladi) va uning filiallarida ötkazildi. Örganiş davomida Jamiyatning mas'ul mansabdor şaxslari tomonidan yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmasliklari, moliyaviy qonunçilikga rioya etilmasligi hamda taşkilotning moliyaviy holatiga befarqligi oqibatida jiddiy moliyaviy xato va kamçiliklarga yöl qöyilganligi aniqlandi.
Masalan, Jamiyat va uning filiallariga “Buxoro neftni qayta işlaş zavodi tomonidan vaqtinçalik mas'ul saqlaşga topşirilgan jami 23 mlrd 339 mln sömlik 3 219,0 tonna avtobenzin mahsulotlariga “xöjasizlarça” munosabatda bölib, belgilangan tartibda birja savdolari orqali sotib olinmasdan iste'molçilarga yuklab jönatib yuborilgan.
Buning natijasida yuzaga kelgan narx tafovutlari orqali Jamiyatga jami 2 mlrd 666 mln sömlik zarar yetkazilgan. Şuningdek, tovar-moddiy qiymatliklar, asosiy vositalar va neft mahsulotlaridan jami 844,5 mln söm miqdorida kamomadlar aniqlandi.
Ta'kidlaş joizki ayrim mas'ullar tomonidan neft mahsulotlarining hisobini yuritiş uçun möljallangan yoqilği siğimlarining kalibrovka jadvallari atayin özgartirilib kamomadlar yaşirib kelingan.
Jumladan, Bulunğur filialining mas'ullari tomonidan 2020 yil 15 avgustdan 2021 yil 31 iyulgaça bölgan davrdagi 2 000 kub metr siğimda saqlanib kelayotgan Ai-80 K2-L avtobenzin mahsuloti ölçaş jarayonlarida mahsulotning ma'lum balandligi (sm) böyiça hajm (litr) qoldiqlari notöğri körsatilib kelinganligi natijasida, hisobot davri yakunlariga köra ötkazib kelingan xatlovlar xatolik bilan ötkazilgan, natijada 145 785 litrdan 750 918 litrgaça nomutanosibliklar xatlovlarda yaşirib kelingan.
Neft mahsulotlarining saqlanişi böyiça ötkazilgan örganişlarda Jamiyatning Bulunğur filialida olib borilgan xatlovlar natijasida 308,6 mln sömlik 41 296 kg Ai-80 K2-L avtobenzini ortiqça ekanligi aniqlandi.
Bundan taşqari, neft mahsulotlarini asossiz ravişda hisobdan çiqariş va iş xaqidan bölgan qarzdorliklar böyiça jami 453,4 mln söm miqdorida moliyaviy xato-kamçiliklar aniqlandi.
Jamiyat filiallari avtoxöjaligining mexaniklari va haydovçilari tomonidan jami 148,6 mln sömlik 24223 litr neft mahsulotlari asossiz ravişda hisobdan çiqarilgan. Masalan, Jamiyat avtoxöjaligi mexanigi va haydovçilari örtasidagi kelişuv natijasida aslida gaz yoqilğisi bilan harakatlanişda bölgan yuk avtomaşinasiga haqiqatda bajarilmagan qatnovlar böyiça yöl varaqalari rasmiylaştirilib, jami 18933 litr 117,1 mln sömlik benzin yoqilğisi mahsuloti noqonuniy hisobdan çiqarilgan.
















