Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi «shedevr» qurilish: 7 yilda qulagan ko‘prik yana 7 milliard so‘mga qayta quriladi
Andijon viloyatidagi Marhamat hamda Buloqboshi tumanlarining Kulla va O‘qchi qishloqlarini bog‘laydigan Aravansoy ko‘prigi shu yil 20 iyul kuni kelgan sel oqimi sabab yemirilib, foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelib qolgandi.
Oradan 2 oy o‘tgan bo‘lsa-da, hali ham ko‘prikni ta'mirlash ishlari boshlanmagan. Bu esa odamlarga qator qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Aslida ko‘prik 2014 yil 2 mlrd 82 mln so‘m evaziga ta'mirlangan bo‘lib, birgina sel uni yaroqsiz holga keltirdi. Andijon Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi axborot xizmatining ta'kidlashicha, Aravansoyning 19-km qismidagi o‘zanidan maxsus qaror va qoidalarga zid ravishda tosh, qum va shag‘al olinishi oqibatida ko‘prikning oraliq tayanchlari, ko‘prik osti qirg‘oqlari me'yordan ortiq yuvilib ketgan.
Biroq aholining ta'kidlashicha, shu kunga qadar ushbu soyda suv deyarli to‘lib oqmagan. Ya'ni ko‘prik tayanchlari buzilishiga sifatsiz bajarilgan qurilish ishlari sabab bo‘lishi mumkin. Qiziq jihati shundaki, dastlab ko‘prik ta'mirlash uchun yopilgan bo‘lsa, endi uni butunlay qayta qurish ko‘zda tutilmoqda. Ko‘prik deyarli buzib tashlangan va qayta ta'mirlash uchun yana 7 mlrd so‘m ajratilmoqda.
Andijon Avtomobil yo‘llari xududiy bosh boshqarmasi axborot xizmati qo‘shimcha ko‘prikni ta'mirlash ishlari «Ko‘prik yo‘l loyiha» MChJ tomonidan 2021 yilning 26 iyulidan boshlanishi belgilanganini ta'kidlagan. Ammo oradan ikki oy o‘tgan bo‘lsa ham ta'mirlash ishlari boshlangani yo‘q.

Hozirda odamlar qo‘shni tumanga o‘tish uchun 40 km yo‘l bosishiga to‘g‘ri kelmoqda. Yoki qo‘lbola qilib tayyorlangan yo‘ldan qiynalib o‘tishga majbur.
Bozor-o‘char, maktab, ishga, yaqinlarining issiq va sovuq ma'rakalariga borish uchun qo‘lbola yo‘ldan o‘tayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdik. Ular harakatlanish uchun noqulay yo‘ldan yurib yiqilib tushayotganlar ham talaygina ekanini ta'kidlashdi. Bundan tashqari, yo‘lkira narxlari ham ikki barobarga oshgan. Ko‘prikkacha bir avtomobilda kelib, ko‘prikni aylanib o‘tib ikkinchi avtomobilda o‘z manziliga yetib bormoqda.
Avtomobilida tavakkaliga o‘tishga majbur bo‘layotgan haydovchilar, ta'lim muassasasiga changga botib borayotgan o‘quvchilarning muammolarini bartaraf etish uchun ko‘prik qurilishi tezroq boshlanishi va yog‘ingarchilik kunlarga yetmasdan nihoyalanishi uchun bugundan harakatni boshlash zarur, aks holda ko‘ngilsiz holatlar yuz bermasligiga hech kim kafolat berolmaydi.
Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri,
Tasvirchi va montaj ustasi – Azizbek Ismoilov.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026