Moliya vazirligi tomonidan subsidiya.mf.uz elektron platformasi işga tuşirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Subsidiyalar platformasi qanday tizim?
Subsidiya.mf.uz elektron platforma fuqarolarga davlat budjetidan tölanadigan subsidiya, kompensatsiya va boşqa imtiyozlarni ajratişning oşkoraligini ta'minlaş uçun xizmat qiladi. Şuningdek, bu jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining oldini oliş hamda yuzaga kelgan muammolar töğrisida bevosita mas'ul mansabdor şaxslarga va fuqarolarga xabar beriş imkoniyatini yaratadi.


Platforma qanday işlaydi?
Subsidiyalar platformasi test rejimida işga tuşirilgan. U fuqarolarga budjetdan tölanadigan subsidiyalarni tezroq va osonroq olişga yordam beradi. Elektron platformaga 83 turdagi subsidiyalar kiritilgan. Subsidiya olmoqçi bölgan fuqaro platforma orqali onlayn ariza qoldiradi. Ariza qoldiruvçi yuridik, jismoniy şaxs yoki ehtiyojmand xotin-qizlar uçun subsidiyalardan biri hamda yönalişga oid taşkilot nomini tanlaşi kerak böladi. Platformaga 18ta vazirlik va idoralar kiritilgan, fuqarolar har bir taşkilotga doir subsidiyalar haqida ma'lumot olişi mumkin.

Deylik, ariza topşiruvçiga qişloq xöjaligiga oid subsidiya kerak bölsa, Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasini tanlaşi mumkin. Bunda şu yönalişda qonunçilikda qanday subsidiyalar mavjudligi hamda ular aynan kim uçunligi haqida ma'lumot oliş mumkin böladi.

Yoki fuqaro yoşlar uçun qanday subsidiyalar borligini bilmoqçi bölsa, “subsidiyalar beruvçi taşkilotlar” röyxatidan Yoşlar işlari agentligini tanlaydi hamda kimlarga qanday tarzda subsidiyalar berilişi borasida qonunçilikda mavjud normalar bilan tanişadi. Şu asosda fuqaro “onlayn ariza topşiriş” bölimi orqali öziga kerakli subsidiyani oliş böyiça ariza qoldirişi mumkin böladi.


















