Xabarga köra, Şimoliy Koreya milliy mudofaa fanlar akademiyasi Çagando provinsiyasidagi Doyan qişloğida “Xvason-8” raketasini sinovdan ötkazgan. Pxenyanda sinovlar muvaffaqiyatli ötgani aytilgan.

Sinovlar borişini Koreya Mehnat partiyasi markaziy qömitasi siyosiy byurosi prezidiumi a'zolari, markaziy qömita kotibi Pak Çon Çxon va mudofaa fanlari sohasidagi rahbar xodimlar kuzatgan.

Ta'kidlanişiça, tovuş tezligidan tez uçuvçi raketa işlab çiqilişi Şimoliy Koreyaning joriy beş yillikda öz oldiga qöygan beşta ustuvor vazifasidan biri hisoblanadi va uning amalga oşirilişi reja böyiça ketmoqda. 

Ma'lumotlarga köra, hanuzgaça Pxenyanda bunday turdagi qurol bölmagan.

Sinov vaqtida harbiylar raketaning texnik körsatkiçlarini, uning manyovrligini, dvigateli va yonilği tizimi işlaşini közdan keçirişgan. Raketa qanday masofani uçib ötgani noma'lum.

Avvalroq, 28 sentabr ertalab Şimoliy Koreya Yapon dengizi tomon kamida bitta raketa uçirgani ma'lum qilingan. Biroq raketa qanday turda bölgani ma'lum qilinmagan. U Yaponiyaning iqtisodiy hududi taşqarisiga tuşgan. Tokio uşbu sinovlarni qoralagan va Pxenyan bu xatti-harakatlari bilan butun mintaqada tinçlik hamda xavfsizlikka raxna solayotganini aytgan. 

Bu sinovlar Pxenyan tomonidan joriy yilda ötkazilgan 7-sinovlar böldi.