Navoiy şahrida katta mojaroga sabab bölgan 60 kvartirali turar joy haqida bir neça bor reportaj tayyorlagandik. Uşbu mojaro sabab öz mablağiga 60 ta xonadon sotib olgan aholi uyidan ham, tölagan mablağidan ham ajralib qolişiga bir baxya qolgandi öşanda. Endi esa Karmana tumanida hokimlikning qarori tufayli uylari buzilgan 16 ta oila qariyb 3 yildan buyon ijarada yaşaşga majbur bölmoqda.

2019 yil bahorda Navoiy şahriga tutaş bölgan Karmana tumani markazida bunyodkorlik işlari boşlandi. Xususan, bir neçta taşkilotlarning ma'muriy binosi joylaşgan Mir Sayid Bahrom mahallasidagi markaziy köçani töliq obodonlaştirişga kirişildi. Şu jarayonda mazkur köçada joylaşgan ikki qavatli, 16 xöjalik istiqomat qiladigan ikki qavatli uy tuman hokimi Faxriddin Umarov qarori asosida örnida 5 qavatli uy quriş uçun buzib taşlandi.

Hokimning qarorga köra, buzilgan uylar örni birinçi qavatida savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari bölgan 5 qavatli uy quriş uçun «Osiyo Yugra» xususiy korxonasiga ajratib berilgan. Şuningdek, buzilgan uylarda istiqomat qilib kelgan 16 oilaga qurilişi közda tutilgan köp qavatli uydan xonadon ajratib beriş rejalaştirilgan. Qarorda uy-joy egalariga 2019 yilning 25 aprel kunidan keçiktirmasdan binoni böşatib beriş tavsiya qilinganini hamda köp qavatli uyni quriş 2020 yilning 1 sentyabr kuniga qadar amalga oşirilişi belgilanganini öqiş mumkin.

Fuqarolar hokimning qarori va quruvçining va'dalariga işonib, uy-joylarini böşatib bergan. Buziş işlari-ku tezda amalga oşirilgan, biroq quriş aççiq içakdek çözilib ketgan. Mana, qariyb 3 yildirki, 16 oila ijarama-ijara sarson.

«Osiyo Yugra» xususiy korxonasi 2019 yilning 3 may kuni oilalar bilan kelişuv şartnomasi tuzgan. Unga köra, köp qavatli uy 2020 yilning 1 sentyabr kuni bitkazilib, xonadonlar tayyor holatda uylari buzilgan oilalarga taqdim etilişi kerak edi. Uşbu muddat ötib ketgaç, 2020 yil 22 noyabr kuni fuqarolar bilan ikkinçi bor şartnoma tuziladi va unda «işning bitişi» 2021 yilning 1 iyun kuniga qadar qilib belgilanadi. Lekin uşbu muddatda ham «dom» bitmaydi.