Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qariyb 6 yildan beri qidiruvda bo‘lgan buxorolik shaxs Moskva viloyatidan topildi
Jinoyat sodir etib, tergov organlaridan qochib yurgan shaxs Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida yashiringanligi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro shahrida ro‘yxatda turuvchi, 1989 yilda tug‘ilgan S.D. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan hamda shahar IIOFMB tergov bo‘linmasi tomonidan 2015 yil 21 dekabr kuni unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida mazkur shaxsning Moskva viloyatida yashirinib kelayotgan manzili aniqlangan. Uning O‘zbekistonga qaytishi ta'minlangan hamda viloyat IIB PPX va JTSB vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Oldinroq qidiruvda bo‘lgan buxorolik 40 yoshli fuqaro ham Moskva shahridan topilgandi.
Mavzuga oid
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
14:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
14:29 / 03.05.2026