Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yer sotishini aytib fuqaroning 4 400 dollar pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida yer sotishini aytib fuqarolardan birining 4 400 AQSh dollarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 10 sentyabr kuni Denov tumani Buyuk kelajak mahallasida yashovchi I.Soliya, tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada u, 2021 yil yanvar oyida, tumanning Jomiy mahallasida yashovchi, O.Umid, tumanning Bog‘ishamol mahallasida joylashgan 5 sotix yerni o‘zining nomida ekanini aytib 4 400 dollarga sotgani, ammo yerni hanuzgacha rasmiylashtirib bermasdan aldab kelayotganini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 20 sentyabr kuni O.Umidga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:39 / 30.01.2026
Kam ta’minlangan oilalarga pillachilik uchun 50 sotixdan yer bepul ajratiladi
15:07 / 27.01.2026
Namanganda yer rasmiylashtirishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi ushlandi
10:08 / 20.01.2026
Nemislarning uchdan ikki qismi federal yerlar soni qisqarishiga qarshi
08:50 / 25.12.2025