Kun.uz'ga murojaat qilgan fuqaroning aytişiça, Surxondaryo viloyati Şörçi tumanidagi 36-maktabning 2-sinfida tahsil oladigan nevarasi darslardan çiqib uyiga qaytayotganda, yölni kesib ötayotgan vaqtida katta tezlikda kelayotgan Gentra rusumli maşina urib yuborgan. Hodisa sodir bölgan joy 3.24 yöl belgisining ta'sir doirasidagi hudud bölgan. Haydovçi tezlik çeklangan joyda yuqori tezlikda harakatlangani yetmaganday, bolani urib yuborgandan söng unga birinçi yordam körsatmay, hodisa joyidan qoçib ketgan.

“2021 yilning 22 sentabr kuni soat 16:00 lar çamasi 2-sinfda öqiydigan nevaram Munisa Örolovani “Şaydo” restorani yonida, yölni kesib ötayotgan vaqtida Denovdan Şörçi şahriga kelayotgan avtomaşina urib yuborgan. Hodisa guvohlari maşina katta tezlikda harakatlanib kelganini aytişmoqda. Holbuki, yöl çetiga örnatilgan yöl belgilari talabiga binoan, yölning bu qismida transport vositalari soatiga 50 km tezlikkaça harakatlanişi kerak.

Lekin haydovçi yöl belgisiga amal qilmasdan yuqori tezlikda kelib nevaramni urib yuborgan va unga oğir tan jarohati yetkazib, qoçib ketgan. YTH oqibatida olgan oğir jarohatlari ta'sirida huşini yöqotgan nevaramni boşqa maşinadagilar tez yordam bölimiga olib borişgan”, – deydi jabrlanuvçining buvisi.

Ayni paytda Gentra rusumli, kumuş rangli, davlat raqami 75 G 887 KA bölgan avtomaşina YTH sodir etgani uçun jarima maydonçasida saqlanmoqda. Biroq jabrlanuvçining hodisaga bevosita guvoh bölgan qarindoşlari bolani urib yuborgan maşinaning rangi töq kulrang bölganini aytmoqda.

Jabrlanuvçining onasi Surayyo Xurramovaning sözlariga köra, hujjatlarda farzandini Zuhriddin ismli şaxs urib ketgani qayd etilgan bölsa-da, röy berayotgan voqealarga asoslanib u maşina rulida boşqa şaxs bölganini taxmin qilmoqda. Uning ta'kidlaşiça, haqiqiy aybdor boşqa va uning IIB tizimida işlayotgan akasi işni bosdi-bosdi qilişga urinmoqda.

“Haydovçi şu kungaça bir marta ham qorasini körsatgani yöq. Eng qiziği, uning örniga oila a'zolari emas, balki özini haydovçining örtoği deb taniştirgan Xolboy ismli şaxs va uning onasi şifoxonaga qatnab yuribdi. Aynan ular bir-ikki marta şifokorlar yozib bergan ayrim dorilarni olib berişdi, ammo muolaja uçun ketayotgan asosiy xarajatlarni özimiz qoplayapmiz.