Merkel partiyasi «qizillar»ga yutqazdi. Germaniyadagi sönggi siyosiy özgarişlar haqida nimalar ma'lum?
|03:00 / 02.10.202113 37021 min
Germaniyada bölib ötgan saylovlardan keyin 16 yil içida ilk bor Angela Merkelsiz hukumat şakllantiriladi. Saylovlar qanday keçdi va mamlakat rahbarligiga kimlar da'vogar?
Dastlabki natijalar
Germaniya Federal saylov komissiyasi duşanba kuni barça 299 okrugdagi protokollarni hisoblab çiqib, saylovlarning dastlabki natijalarini e'lon qildi. Poçta orqali yöllangan byulletenlarni hisoblaş jarayoni davom etmoqda. Eng köp ovozni sotsial-demokratlar qölga kiritgan, ammo hukumatni şakllantiriş uçun koalitsiya böyiça kelişuvga erişiş kerak böladi.
Sotsial-demokratik partiya (GSDP) — 25,7 foiz;
Xristian-demokratik va Xristian-sotsialistik ittifoq (XDI/XSI) — 24,1 foiz;
«Yaşillar» — 14,8 foiz;
Erkin demokratik partiya (EDP) — 11,5 foiz;
«Germaniya uçun alternativa» — 10,3 foiz;
«Söllar» partiyasi 4,9 foiz.
2017 yilgi saylovlar bilan taqqoslaganda XDI/XSI bloki natijasi 8,9 foiz punktga yomonlaşgan. Sotsialistlar esa ötgan saylovdagi natijasini 5,2 f.p.ga yaxşilagan, «Yaşillar» — 5,9 f.p.ga. «Söllar» 4,3 f.p., «Germaniya uçun alternativa» — 2,3 f.p. yöqotgan.
Siyosiy tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi Infratest Dimap kompaniyasi XDI/XSIning bu saylovlardagi yöqotişini ikki million ovozga baholagan - ular «yaşillar» va sotsial-demokratlarga ketgan.
Xristian-demokratlar va Xristian-sotsialistlar ittifoqi (XDI/XSI) — 196;
«Yaşillar» — 118;
Erkin demokratik partiya (EDP) — 92;
«Germaniya uçun alternativa» — 83;
«Söllar» partiyasi — 39.
Temir frau bilan xayrlaşuv. Angela Merkel Germaniya va Yevropa uçun kim edi?
Favoritlar
Germaniyada 2021 yilgi parlament saylovlarida sönggi 16 yilda ilk bor GFRning amaldagi kansleri iştirok etmadi. Angela Merkel 2018 yildayoq Xristian-demokratlar ittifoqi rahbarligini böşatişi va törtinçi muddatdagi kanserligi yakunida siyosatni tark etişi haqida ma'lum qilgandi. Uning örni uçun uçta asosiy partiya kuraş olib bordi, lekin bu uçlik körsatkiçlari orasida katta farq bölmagani tufayli saylovlar yakunlari hamon noayon bölib qolmoqda.
Ekzitpollar buni tasdiqlagan — yakşanba kuni ovoz beriş uçastkalari yopilişi bilan Infratest dimap/ARD ötkazgan sörovga köra, XDI/XSI va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) 25 foiz atrofida ovoz olişi, «Yaşillar»ning körsatkiçi 15 foizdan oşişi, «Germaniya uçun alternativa» va Erkin demokratik partiya (EDP) 10-11 foiz atrofidagi saylovçilar qöllab-quvvatloviga erişgani, «Söllar» 5 foizlik çegaradan öta olmagani, qolgan partiyalarning jami ovozi 8 foiz atrofida bölgani ma'lum qilingandi. Rasmiy natijalar keyinroq e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
Sotsiologik sörovlar bundestagga 2017 yildagi kabi oltita siyosiy kuç ötişi kutilayotganini körsatgandi. Bular XDI/XSI konservativ bloki, söl-markazçilarning sotsial-demokratik partiyasi, söl liberallarning «Ittifoq 90/Yaşillar» bloki (yoki şunçaki «Yaşillar»), liberal Erkin demokratik partiya, «Söllar» partiyasi va öng populist «Germaniya uçun alternativa». XDI/XSI, «Söllar» va «Germaniya uçun alternativa» ötgan safargi saylovdagidan köra kamroq ovoz olişi kutilgandi. Eng köp ösişni «Yaşillar» qayd etişi, şuningdek, sotsial-demokratlar va erkin demokratlar ham kiçik ösişga erişişi aytilgandi.
E'tiborli jihati, 30 yoşgaça bölgan saylovçilarning eng köp qismi (22 foizi) «yaşillar» uçun ovoz bergan. Umuman olganda, ekspertlar ekofaollarning bu saylovlardagi katta muvaffaqiyatlarini e'tirof etişgan. Partiya özining avvalgi natijasini ikki barobar yaxşilaşga erişgan - Bundestagning avvalgi çaqiriğida 67 mandatga ega bölgan partiya bu safar 118 mandatga ega bölişi kutilmoqda. «Yaşillar» partiyasi vakillari va Yevropa tuzilmalaridagi ekokuntartibi lobbistlari Germaniyadagi saylov jarayonini «iqlimiy saylovlar» deb ataşmoqda.
Saylovlarda jami 53 partiya iştirok etgan, uç partiya öz vakillarini kanslerlikka nomzod qilib körsatgan, qolganlar hukmron koalitsiyani boşqariş huquqiga ega emas, şuning uçun faqat saylov kampaniyasi yetakçilarini saylaşgan. XDI/XSI, GSDP va «Yaşillar» kanslerlikka nomzod körsatgan. «Germaniya uçun alternativa» qança mandatga ega bölsa ham koalitsion hukumatga kira olmaydigan yagona partiya böldi, çunki mamlakatdagi barça siyosiy kuçlar ular bilan hamkorlik qilişdan boş tortgan.
Çigal vaziyat
Merkel örniga kim Germaniyaning yangi kansleriga aylanişi hozirça mavhum. Şols ham, Laşet ham (yaqqol şaxsiy mağlubiyatga qaramay) koalitsiya tuzişga urinib köradi.
Odatda Germaniyada saylovlardan keyin birinçi örinni egallagan partiya Bundestagda köpçilikni taşkil etiş uçun yana bir partiya bilan ittifoq tuzişi yetarli bölardi. Ammo bu safargi saylovlarda birorta partiya ikki partiyali koalitsiya tuziş uçun yetarli miqdorda ovozga ega bölolmadi - endilikda yangi hukumat tuziş uçun har qanaqasiga kamida uç siyosiy kuç ittifoqi talab etiladi va bunga oylar talab etilişi mumkin.
Sotsial-demokratlar partiyasi nomzodi Olaf Şols Angela Merkelning XDI/XSI («Germaniya xristian-demokratik ittifoqi», «Bavariya xristian-sotsial ittifoqi») blokisiz koalitsiya tuzmoqçiligini aytdi. U uçinçi va törtinçi örinlarni egallagan «Yaşillar» hamda liberallar bilan ittifoq tuzmoqçi. Bu holatda koalitsiya parlamentda 416 nafar deputat mandatiga ega böladi - bundestagda hukmron koalitsiya şakllantiriş uçun 374 nafar deputat yetarli.
GSDP birinçi örindaligi ma'lum bölgaç, Olaf Şols teleekran orqali saylovçilar unga «yaxşiroq, pragmatik hukumat tuziş» imkonini berişgani haqida gapirdi. Armin Laşet esa bunga javoban gap «arifmetik ustunlik» qölga kiritiş haqidamas, koalitsiya tuziş haqida ketişiga urğu qaratdi.
Germaniyada odatda saylovda ğolib bölgan partiya yetakçisi (ayni vaqtda Olaf Şols) kansler bölardi. Ammo mamlakat tarixida koalitsiyani saylovda ikkinçi örinni olgan partiya şakllantirişi bilan boğliq holatlar ham uçraydi. Armin Laşet ham taslim bölmoqçi emasligi va koalitsiya tuziş niyatini ma'lum qilgan.
Kristian Lindner rahbarligidagi erkin demokratlarsiz koalitsiya tuzilişi ehtimoli kam, ammo ular va saylovda uçinçi bölgan «Yaşillar» örtasida ziddiyatlar mavjud. «Yaşillar»ning siyosiy kun tartibi iqlim özgarişiga qarşi kuraş atrofiga tuzilgan, biznes manfaatlarini himoya qilib, nemis siyosatining liberal qanotiga vakillik qiluvçi erkin demokratlar esa biznes uçun qöşimça qoidalar va yangi taqiqlarga qarşi çiqadi. Bundan taşqari, liberallar soliqlar oşirilişiga qarşilik körsatadi, «Yaşillar» esa yangi, zararsiz texnologiyalarga investitsiyalar uçun soliqlar oşirilişi zarur deb hisoblaydi. Kristian Lindner XDI/XSI bilan mafkuraviy jihatdan yaqinligi haqida oçiqçasiga gapirsa, «Yaşillar» tarixiy va ğoyaviy nuqtayi nazardan söl kuçlarga yaqinroq.
Germaniya erkin demokratik partiyasi yetakçisi Kristian Lindner
Tahlilçilar bölajak koalitsiyaning kamida beş xil ehtimoliy formatini taxmin qilişgan, ammo «Yaşillar» va liberallar yoki xristian-demokratlar yoki sotsial-demokratlar bilan bir koalitsiya tarkibiga kirişi ehtimoli haqiqatga yaqinroq. Oğir vaznli siyosiy kuçlar ularni köndiriş uçun nimalar taklif qilişi hozirça noma'lum.
XDI/XSI va Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (hozirgi hukmron koalitsiyaning davomi);
XDI/XSI, Germaniya sotsial-demokratik partiyasi va «Erkin demokratlar»;
Germaniya sotsial-demokratik partiyasi, «Yaşillar» va «Erkin demokratlar»;
XDI/XSI, «Yaşillar» va «Erkin demokratlar» («Yamayka» deb ataluvçi koalitsiya - 2017 yilda Merkel şunga urinib körgan, bu partiyalar bayroqlari ranglari birlaşuvi Yamayka bayroğini eslatadi);
Germaniya sotsial-demokratik partiyasi, «Yaşillar» va «Erkin demokratlar» («Svetofor» koalitsiyasi).
Saylovlar boşlanişidan ança avval ham yaqqol ğolib bölmasligi ayon edi. Yangi hukmron koalitsiya kamida uç partiya özaro kelişib olmas ekan, Angela Merkel kansler bölib qolişda davom etadi va uning pensiyaga çiqişi Rojdestvodan keyinga surilişi ham mumkin.
Kanslerlikka da'vogarlar haqida
Armin Laşet — GFRdagi aholi eng köp yaşovçi federal yer — Şimoliy Reyn — Vestfaliya yeri boş vaziri hisoblanadi. U 2021 yil yanvari örtalarida XDI raisi etib saylangan, aprel oyida Xristian-sotsialistlar ittifoqi yetakçisi, özidan köra taniqliroq bölgan Bavariya yeri boş vaziri Markus Zyoderni mağlub etib, blokning kanslerlik lavozimi uçun nomzodiga aylangan. Xristian va konservator, axenlik şaxtyorning öğli bölgan Laşet özini Merkelning vorisi sifatida namoyon etadi va hokimiyat tepasiga kelgaç, uning siyosatini davom ettirişni va'da qilgandi.
Reytingi past va saylov kampaniyasi sust olib borilganiga qaramay, uzoq vaqt davomida u kansler lavozimi uçun asosiy nomzod sifatida körilgandi. Lekin iyul oyida mamlakat ğarbidagi suv toşqinlari çoğida GFR prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer nutq qilayotganda Laşet kulib turgani aks etgan tasvirlar tarqalişidan keyin barçasi özgarib ketdi. Bu holat internetda keng muhokama etilgaç, XDI reytingi tarixiy minimumini qayd etdi (20 foiz atrofida) va endi Laşet Merkelning örnini egallaşi imkoni deyarli yöqoldi.
Saylov kuni ham Armin Laşet noqulay vaziyatga tuşib qoldi: u saylov byulletenini şunday bukladiki, u kimga ovoz berganini (öziga) köriş mumkin edi — bu bilan u ovoz beriş tartibini qöpollik bilan buzdi. Saylov yakunlariga köra blok tarixdagi eng yomon natijani qayd etdi.
Eng kutilmagan natija sotsial-demokratlarning Meklenburg-Old Pomeraniya yerida ğolib çiqişgani böldi, Angela Merkel 30 yildan ortiq vaqt mobaynida şu hududdan nomzod sifatida körsatilardi. Uşbu federal yer aholisi öz mandatini bu safar saylovlarda qatnaşmaslikka qaror qilgan Merkelning partiyadoşiga emas, butunlay boşqa partiya deputati uçun berdi, ekspertlar buni saylovçilar uçun XDI emas, Merkelning şaxsi muhim bölgani bilan izohlaşmoqda.
Annalena Berbok — «Yaşillar» partiyasi hamraisi — 2021 yil aprelida bir ovozdan partiyaning kanslerlik uçun nomzodi sifatida tanlangandi. U kanslerlikka eng yoş nomzod (40 yoş) va yagona ayol nomzod böldi. Berbok «Yaşillar» partiyasining 40 yillik tarixida oliy lavozim uçun körsatilgan ilk nomzodi ham edi. U partiya tomonidan tasdiqlangaç, dastlab kanslerlik uçun asosiy favoritga aylandi, ammo prokollardagi köplab kamçiliklar — daromadlar öz vaqtida deklaratsiya qilinmaganidan biografiyasidagi xatolargaça — amalda Berbokni Merkelning örnini egallaş imkoniyatidan mahrum etdi. Avvaliga uning boşqaruvda tajribasizligi plyus sifatida körildi - bu uşbu siyosatçi korrupsiya mojarolaridan uzoqda turişini ta'minlardi, ammo yakunda uning tajribasizligi partiya uçun muammo bölib çiqdi.
«Yaşillar» yetakçisi Annalena Berbok bölajak hukumatda vazirlik lavozimlaridan birini egallaşi mumkin
«Yaşillar» vakili ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy hujumlarga uçragan yagona nomzodga ham aylandi. Haqoratlovçi memlar, göyoki Berbokning tilidan aytilgan deb körsatilgan soxta sözlardan tayyorlangan videoroliki hamda uning çömiliş kiyimidagi soxta fotosurati Germaniyada keng tarqaldi. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda siyosatçining saylov kampaniyasi Vengriya hukumati tomonidan moliyalaştirilişi töğrisida yolğon xabar tarqatildi.
Olaf Şols — amaldagi vitse-kansler va mamlakat moliya vaziri, Sotsial-demokratlar partiyasi a'zosi. U özini nomzod qilib körsatgan partiya rahbari bölmagan yagona nomzoddir. Şols GSDPning konservativ qanotiga mansub. Öta bosiqligi tufayli siyosatçi Şolsomat laqabini olgan, uning nomzodi kanslerlikka ilgari surilişi bahsli bölgandi. U partiyasi reytingi pastligi tufayli hukumatni boşqariş imkoni deyarli yöqligida, 2020 yil avgustidayoq nomzod sifatida tanlangandi. Şolsni partiyadagi eng tajribali va taniqli siyosatçi bölgani uçun tanlaşgan. Butun saylovoldi kampaniyasi davrida Şols raqiblari soyasida qoldi, ammo ular yöl qöygan xatolar tufayli yakuniy qismda eng maşhur nomzodga aylandi va poygada yetakçi bölib qoldi. Uning şaxsiy muvaffaqiyatlari tufayli GSDP reytingini kötarişga va mamlakatda maşhurlik bobida birinçi öringa çiqişga erişdi. Endi, agar kutilmagan burilişlar bölmasa, 63 yoşli Olaf Şols yangi koalitsion hukumatni şakllantiradi va Germaniyaning yangi kansleriga aylanişi ehtimoli yuqori.
Olaf Şols rafiqasi Britta Ernst va partiya raisdoşi Saskiya Esken bilan saylovlardan keyingi partiya yiğilişida.
Foto: PhotoThech / Imago Images / Scanpix / LETA
Ayni vaqtda 63 yoşda bölgan Olaf Şols Hamburgda ösgan, şu yerda huquqşunoslikka öqigan va ötgan asrning 80-yillarida yuridik idorada mehnat faoliyatini boşlab, mehnat huquqiga ixtisoslaşgan. Şols öşa vaqtdayoq siyosat bilan şuğullana boşlagan, ammo faqat 40 yoşga çiqqanida, 1998 yildagina bundestag deputatligiga saylanişga erişgan, öşanda sotsialistlar hokimiyatga kelişgandi.
Tört yil ötib u partiya boş kotibi, sotsialist kansler Gerxard Şryoder boşçiligidagi GSDP apparati rahbariga aylanadi. Şuningdek, Angela Merkel kansler bölganida uning birinçi koalitsion hukumati tarkibiga kiradi - u Mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri etib tayinlanadi. 2011-2018 yillarda Şols Germaniya tarkibidagi alohida yer maqomiga ega bölgan Hamburg şahri meri bölgan. Olaf Şols va uning rafiqasi Britta Ernst özlarini butunlay siyosatga bağişlagan. Ernst - Brandenburg yeri hukumatida ta'lim vaziri hisoblanadi. Şols 2018 yilda hozirgi koalitsion hukumatda vitse-kansler va moliya vaziri lavozimida.
2019 yilda Olaf Şols partiya yetakçiligi uçun saylovlarda Zaskiya Esken - Norbert Valter-Boryans juftligiga mağlub bölgandi, ammo keyinroq, parlament saylovlari uçun partiyaning kanslerlikka nomzodi sifatida tanlanadi - partiyadagilar bu rolga sölçilar Esken va Valter-Boryansdan köra, konservator Şols köproq mos tuşadi, degan qarorga kelişadi.
Saylov kampaniyasi qanday ötdi?
Germaniyadagi saylovlar tizimi majoritar emas, proporsional xarakterga ega: mamlakat aholisi töğridan töğri kanslerni saylamaydi, bu lavozimga nomzodini körsatgan partiyalar uçun ovoz beriladi. Eng köp ovoz olgan partiyalar hukmron koalitsiyani şakllantirişadi.
Saylovda Germaniyaning 18 yoşga tölgan har bir fuqarsi iştirok etişi mumkin. Mamlakatdagi jami saylovçilar soni 60,4 mln kişi. Ularning har birida ikkitadan ovoz böladi: birinçisi röyxatga olingan joy böyiça saylov okrugi deputati uçun beriladi, mamlakatda bunday saylov okruglari soni 299ta - ularning har birida örtaça 250 ming kişi yaşaydi. Ikkinçi ovoz siyosiy partiyaning mintaqaviy röyxati uçun beriladi, şu tariqa yana 299 deputat saylanadi.
Deputatlar soni farqlanişi mumkin — partiya qançalik köp «ikkinçi» ovozni qölga kiritsa, yangi parlamentda unga şunça köp joy kafolatlanadi. Bundestagda rasman 598 örin böladi, ammo deputatlarning haqiqiy soni doim örnatilgan normadan yuqori böladi - agar qaysidir partiya byulletenda köproq «ikkinçi» ovozni qölga kiritsa, «kompensatsiya mandatlari»evaziga bu raqam kattalaşişi mumkin. Masalan, 2017 yilgi saylov yakunlariga köra quyi palata 709 deputatdan tarkib topgan, 2021 yilda, ekspertlar hisoblariga köra, bu körsatkiç 800ga yaqinlaşişi mumkin.
Parlamentni muntazam ravişda kengaytirib kelayotgan bu amaliyot ön yildan oşiq vaqt davomida munozaralarga sabab böladi. 2020 yil oktyabrida saylov tizimini isloh qiliş qarori qabul qilingandi. Özgarişlarning birinçi qismi joriy saylovlarga ham tatbiq etildi, partiyalar qöşimça uçtadan ortiq öringa ehtiyoj sezgan taqdirdagina kompensatsiya mandatlariga ega böladi. Şu tufayli ekspertlar 2025 yilgi saylovlardan keyin bundestag a'zolari soni qisqara boşlaşini kutişmoqda.
Poçta orqali saylaş tizimi qanday yölga qöyilgan?
Germaniya fuqarolari an'anaviy tarzda poçta orqali ham ovoz berişi mumkin. Pandemiya şaroitida saylovda qatnaşişning bu usuli yanada ommalaşdi. 2017 yilda ovoz berişning bu metodidan saylovçilarning har uçdan biri foydalangan bölsa, 2021 yilda, Deutsche Post direktorlar kengaşi a'zosi Tobias Mayyerning sözlariga köra, GFR fuqarolarining 60 foizi poçta orqali ovoz bergan bölişi ham mumkin. «Köramiz, bu 40 yoki hatto 50 foiz bölişi mumkin. Biz fuqarolarning 60 foizi poçta orqali ovoz berişga qaror qilgan bölişiga ham tayyormiz», — degan Mayyer Funke naşriga bergan intervyusida.
Poçta orqali ovoz beriş jarayoni 16 avgust kuni boşlangandi, byulletenlarni yuborişni söraş 24 sentyabrgaça davom etişi mumkin edi. Ammo hukumat töldirilgan byulletenlarni saylovlar kuniga uç kun qolganida yuborib bölişni tavsiya qildi, çunki 26 sentyabrdan keyin kelib tuşgan ovozlar hisoblanmasligi mumkin edi. Forsa tadqiqotlar institutining boş siyosiy tahlilçisi Peter Matuşek Politico naşriga bergan intervyusida poçta orqali ovoz berişni niyat qilgan saylovçilarning qariyb 60 foizi bu işni byulletenlarni olganidan keyingi ilk kunlardayoq amalga oşirgani haqida ma'lum qildi. «Poçta orqali ovoz beruvçi aholining katta qismi byulletenlarni olişi bilan ovoz berişi şuni anglatadiki, partiyalar aynan ularga asosiy e'tiborini qaratişi kerak, eng oxirgi pallalarda ovoz beradiganlarga emas», deya hisoblaydi Matuşek. Şu tariqa, Politico naşri nemis sotsiologlariga asoslanib yozişiça, poçta orqali ovoz beriş jarayoni saylov natijalariga kuçli ta'sir körsatişi mumkin, bu holatda ekzitpollar natijalari haqiqiy natijalarni aks ettira olmay qoladi.
Bu saylovlar nimasi bilan muhim edi?
Germaniyadagi parlament saylovlari nafaqat Angela Merkelning 16 yillik kanslerligini yakunlab beradi, balki sönggi 8 yillikda boşqaruvda bölgan XDI/XSI va GSDP koalitsiyasi almaşinuviga olib keladi. Saylovda biror kuç aholining 30 foizi qöllab-quvvatloviga ham erişa olmadi va endilikda ekspertlar ssenariysiga köra, uç partiya koalitsiyasi tuziladi. Içki va taşqi siyosatning keyingi yönalişi uning konfiguratsiyasiga boğliq böladi.
Yevropa uçun Germaniyadagi saylovlar alohida xarakterga ega. GFR nafaqat Yevroittifoqning norasmiy rahbari, balki birlaşmadagi eng yirik iqtisodiyot hamdir. Bryusselda qabul qilinadigan qarorlar Berlindagi yangi hukumat pozitsiyasiga ham boğliq böladi.
Rossiya uçun Germaniyadagi parlament saylovlari şunisi bilan ahamiyatliki, bu mamlakat hamon Yevroittifoq hududidagi yirik savdo hamkori hamda «Şimoliy oqim-2» loyihasining bevosita iştirokçisidir. Hozirda Moskvadagilar gaz quvuridan foydalanişga ruxsat berilişini kutişmoqda, hukumatga «Yaşillar» ham kelişi esa bu jarayonni qiyinlaştirişi mumkin, partiya azaldan bu qurilişdan voz keçiş tarafdori bölib kelgan.
Saylov kampaniyasi keçişiga ham içki, ham taşqi omillar ta'sir körsatdi. Avvalo bu pandemiya (sentabr oyi oxiriga kelib mamlakatda törtinçi tölqin avjiga çiqdi) va iyul oyi örtalarida mamlakat ğarbida röy bergan, önlab aholi punktlarida infratuzilmalarni vayron qilib, 200dan ortiq kişi ölimiga sabab bölgan hamda mingdan ortiq kişi bedarak ketgan suv toşqinlari böldi. Amaldagi hukumat tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş uçun 30 mlrd yevro ajratdi, ammo bu dasturning amalga oşirilişi endi yangi hukumat qölida böladi.
Mamlakatdagi yana bir içki muammo - sönggi 25 yillik uçun rekord darajadagi inflatsiya darajasidir. 2021 yil avgust holatiga köra, bu körsatkiç 3,9 foizga yetgan. Bundan yuqoriroq körsatkiç sönggi bor 1993 yilda qayd etilgandi - 4,3 foiz. Germaniyada yoz boşidan mahsulotlar va elektr energiya narxi muttasil oşib kelmoqda va mutaxassislar bu tendensiya keyingi oylarda ham saqlanib qolişini prognoz qilişgan. Ayrim tahlilçilar yil oxiriga borib GFRda inflatsiya darajasi 5 foizgaça yetişi mumkinligini aytişgan.