Prezidentning nazorat-kassa texnikasidan foydalanişni takomillaştirişga doir qarori qabul qilindi.

Unga köra, xarid uçun çek oliş rağbatlantiriladi.

Hujjat bilan 2022 yil 1 yanvardan boşlab:

  • çakana savdo, umumiy ovqatlaniş va aholiga maişiy xizmat körsatiş obektlarida xaridni amalga oşirgan va uşbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid çekining QR-kod yordamida skanerlaş orqali röyxatdan ötkazgan jismoniy şaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi;
  • Bundan avtomobil sotib olganlik uçun, temir yöl va aviaçipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uçun tölov, şuningdek, tölov tizimi operatorlari orqali tölovni amalga oşirganda olingan xarid çeklari mustasno;
  • sotib oluvçiga çeklarni yoki ularga tenglaştirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar körsatganlik, şuningdek, identifikatsiya qiliş vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qiliş nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qöllangani yoki markirovka mavjud emasligi töğrisida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy şaxslarga, huquqbuzarlardan undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot tölanadi;
  • tölov tizimlari operatorlari öz tölov tizimlarini onlayn nazorat-kassa maşinalariga majburiy ravişda ulaş va şu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalaşni ta'minlaş talabi örnatiladi.

Avvalroq onlayn nazorat-kassa maşinalar böyiça tartib özgarayotgani xabar qilingandi. Bu boradagi qaror loyihasida tadbirkorlik sub'yektlari faqat körsatilgan xizmatlar uçun pul tölaşi hamda onlayn NKMni davlat reyestridan ötkazganlik uçun DSQga pul ötkaziş tartibi bekor bölişi közda tutilgan.