Tadbir yakunida markaziy saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Mamatov Kun.uz muxbirining savollariga javob berdi.
— Xorijda bölib turgan fuqarolarning saylovda iştirok etiş tartibi qanday böladi? Joriy saylovlarda ularga qanday qulayliklar yaratildi?
— Albatta, biz bu norma böyiça köplab xorijiy davlatlarning tajribasini örganib çiqqanmiz. Oxirgi yillardagi islohotlar tufayli özbekistonliklar uçun xorijda turib ham ovoz beriş imkoniyati yaratildi. Bu kabi imkoniyatni esa hattoki rivojlangan demokratik davlatlarda ham uçratmaysiz.
Xorijda fuqarolariga ovoz beriş imkoniyatini yaratgan davlatlar ham faqat elçixona va konsullik binolarida saylov uçastkasi taşkil etadi. 2019 yilgaça bizda ham şunday tartib edi. 2019 yildagi parlament saylovlaridan boşlab esa biz ilğor tajribalarni qöllay boşladik. Unga köra, xorijiy davlatlardagi özbekistonliklar gavjum yaşaydigan hududlarda ham köçma saylov qutilari taşkil etiladi. Bunda saylovçiga bir talab borki, u saylovda iştirok etiş taşabbusi bilan saylov uçastkalariga sörov, taşabbus bilan çiqişi kerak.

— Hozir prezidentlikka nomzodlar saylovçilar bilan uçraşuvlar uçun hududlarga çiqyapti. Ularning hududlarga çiqişda transport vositasidan foydalanişi böyiça tenglik nazorat qilinadimi?
— Markaziy saylov komissiyasi nomzodlarning qaysi transport vositasida yurişini nazorat qiliş vakolatiga ega emas. Markaziy saylov komissiyasi faqatgina davlat OAVlarida taşviqotni olib boriş uçun teng imkoniyatlar yaratilişini monitoring qiladi.
Bu jarayonda barça partiyalarga tenglik prinsipi asosida imkoniyat yaratadi, lekin partiyalar ulardan öz imkoniyati darajasida foydalanadi.
Umumiy qonunlar ustidan nazorat esa Özbekiston Respublikasi boş prokuraturasining vazifasi hisoblanadi.
— «Milliy tiklaniş» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alişer Qodirovning saylovoldi tarğiboti uçun tayyorlangan ilk banneri yeçtirib olingani va boşqasiga almaştirilgani böyiça ijtimoiy tarmoqlarda bir qator fikrlar bildirdi. Bu borada Markaziy saylov komissiyasi biror suriştiruv ötkazdimi?













