10 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi qurilish sohasida vaqtincha ishlash uchun soddalashtirilgan tartibda Rossiyaga yuboriladi. Bu loyiha doirasida fuqarolarni Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish uchun Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi tibbiy asbob-uskunalar bilan O‘zbekistonga yetib keldi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan ma'lum qilishlaricha, endilikda Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda o‘rnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida O‘zbekistonda amalga oshiriladi.

Ma'lumot uchun, 10 ming o‘zbekistonlikni qurilishda ishlash uchun Rossiyaga yuborish loyihasi doirasida nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanadi.

Qayd etish kerak, Rossiyada ishlash uchun patent olish xarajatlarining yuqoriligi va tartib-tamoyillarning murakkabligi – o‘zbekistonlik migrantlarni eng ko‘p qiynaydigan muammolardan.
Shu sababli RFdagi o‘zbek migrantlarining 30 foizdan ortig‘i patent olmagan holda mehnat qilayotgani aytiladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada ishlash huquqini qo‘lga kiritish maqsadida ruxsatnoma olish uchun murojaat qiladigan bo‘lsa, ularga faqat 1 yil muddatga patent beriladi. Buning uchun taxminan 500 dollar miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita sarflanadigan mablag‘ kerak bo‘ladi.
2020 yilning sentabr oyida Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzolagandi. Unda 2021 yil 1 yanvarga qadar Rossiya IIVning pasport-viza xizmati vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini ko‘rsatish















