Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narzullo Oblomurodov: “Orolbo‘yi aholisining yashash sharoiti yaxshilanadi”
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov 12 oktabr kuni xorazmlik saylovchilar bilan uchrashdi.

Foto: Ekologik partiya
Uchrashuvda Narzullo Oblomurodov Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga e'tibor qaratilishi orqali hudud aholisining yashash sharoitlari yaxshilanishini aytdi.
“Buning uchun qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, suv tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish, mavjud suv zaxiralaridan unumli foydalanish ishlari ham galdagi muhim vazifa hisoblanadi.
Ayniqsa, Nukus, Buxoro, Urganch, Xiva, Navoiy, Mo‘ynoq kabi aholi yashash punktlari atrofida “yashil belbog‘lar” barpo etish hamda mazkur hududlardagi istirohat bog‘lari maydonlarini kengaytirish, yashillikni ko‘paytirib ekologik muhitni barqarorlashtirish ham kun tartibidagi dolzarb vazifalarimizdan biridir”, – dedi nomzod.
O‘z saylovoldi dasturi bilan tanishtirar ekan, Narzullo Oblomurodov chiqindilarni qayta ishlash orqali daromad olishga e'tibor qaratdi.
“Bugungi kunda har tomonlama tejamkor texnologiyalardan unumli foydalanish biz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Amalda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, ekologiya sohasida qabul qilinayotgan har qanday qonun va qarorlar, dasturlarda avvalambor, inson salomatligi va atrof-muhit muhofazasi eng ustuvor ahamiyat kasb etishi kerak.
Shuningdek, chiqindilarni qayta ishlashga e'tiborni kuchaytirishimiz, bu sohaga investitsiyalarni jalb etib, chiqindidan daromad olishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak”, – ta'kidladi Narzullo Oblomurodov o‘z nutqida.
Ekopartiya nomzodi Urganch shahridagi Beruniy me'moriy majmuasida viloyatning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakillari, Beruniy me'moriy majmuasi ishchi-xodimlari bilan suhbatlashib, bir necha yillar oldin noyob turlardan biri bo‘lgan Buxoro bug‘usi – Xongulining Xorazm iqlimiga qanchalik moslasha olgani bilan ham qiziqdi.
An'anaga ko‘ra, ushbu viloyatdagi saylovchilar bilan uchrashuvda ham majmua hududiga daraxt ekildi.
Avvalroq, qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashgan nomzod ekologiyaga yetkazilgan zararni qoplashda “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyilini ilgari surgan edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Navoiyuran” va NKMK xodimlari uran radioaktiv moddasini sotishga uringani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:32
-
Paynet: O‘zbekistonda fintex sohasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan 5 yangi xizmat
O‘zbekiston | 17:00
-
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Jahon | 16:57
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
Mavzuga oid

16:12 / 13.01.2025
Mahalla raisining vakolat muddati uch yildan besh yilga oshirilishi mumkin

12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati

17:14 / 16.09.2024
“Ekologiya sohasida ixtisoslashgan sudlarni tashkil etish zarur” - ekopartiya

12:50 / 08.09.2024