Oliy Majlis Senati kengaşining majlisi bölib ötdi. Uni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi. Majlisda Senatning yigirmançi yalpi majlisini 2021 yil 20 oktyabr kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida ötkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar körib çiqilişi nazarda tutilgan. “Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisida”gi, “Bojxona kodeksiga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida”gi, “2021 yil uçun davlat budjeti töğrisida”gi qonunga özgartişlar kiritiş haqida”gi, “Suv va suvdan foydalaniş töğrisida”gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi, “Narkologik kasalliklarga çalingan şaxslarning huquqlarini himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida”gi, “Muzeylar töğrisida”gi qonunga qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonunlar şular jumlasidan.

Bundan taşqari, boş vazir örinbosarining yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda nogironligi bölgan bolalarga körsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxşilaş yuzasidan axboroti hamda “Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining faoliyati, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirining köp kvartirali uy-joylarga xizmat körsatiş holati, şu jumladan, boşqaruv kompaniyalarining faoliyati yuzasidan axborotlari eşitilişi rejalaştirilgan.

Mamlakatdagi avtomobil yöllari hamda sun'iy inşootlarning holati va transport vositalarining xavfsiz harakatlanişini ta'minlaşga doir qonun hujjatlarining ijro etilişi, qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantiriş uçun körilayotgan çoralar hamda koronavirus pandemiyasidan keyin turizmni tiklaş va rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlarning amalga oşirilişi holati yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament sörovlari natijalari muhokama qilinişi nazarda tutilgan.

Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obektlari hamda aholi turar-joylarida quyoş va şamol energiyasidan foydalaniş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuboriş va boşqa masalalar körib çiqilişi rejalaştirilgan.