Belgilanişiça, elektrotexnika tarmoği taşkilotlariga moliyalaştiriş manbalaridan qat'i nazar, tijorat banklaridan kafolatlar olişda quyidagilar uçun garov ta'minoti sifatida kafolat summasining 50 foizigaça, biroq 3 mln dollardan oşmagan miqdorda kafilliklar beriladi:
- tenderlar doirasida avans tölovlarini amalga oşiriş (qaytariş);
- xorijiy valutadagi şartnoma şartlarini bajariş;
- yetkazib berilgan tovarlar (işlar, xizmatlar) böyiça kafolat muddatlarini ta'minlaş.
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, "Özeltexsanoat" uyuşmasi elektrotexnika tarmoği korxonalarini qöllab-quvvatlaş uçun 2022 yildan boşlab har yil uçun Davlat budjeti hisobidan 10 mln dollar miqdoridagi mablağ ajratilişi yuzasidan takliflar beradi.
"Özeltexsanoat" uyuşmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomga jamğarmani şakllantiriş manbalari böyiça qöşimça kiritildi.
Respublika budjetining qöşimça manbalari hisobidan 2021 yilning I, II va III çoraklarida teng uluşlarda 75 mlrd söm miqdorida mablağlar ajratiladi, keyingi yillarda esa budjet parametrlarida uşbu maqsadlar uçun mablağlar nazarda tutiladi.
Jamğarma mablağlari elektrotexnika sanoati tarmoği taşkilotlarining xalqaro körgazmalar va yarmarkalarda iştirok etişi bilan boğliq xarajatlarining 50 foizini, biroq bitta holat böyiça ekvivalenti 10 ming dollardan köp bölmagan miqdorda qoplaşga yönaltiriladi.
Mahsulotlar işlab çiqariş va ularni taşqi bozorlarga sotiş bilan boğliq xarajatlar mahsulot turlaridan kelib çiqib, eksport qiluvçi tarmoq taşkilotlari (eksport qiymatining 6 foizigaça) qoplanadigan yuqori qöşilgan qiymatli mis mahsulotlari röyxati tasdiqlandi.

















