Uç farzandi bilan boquvçisini yöqotib beva qolgan ayoldan kelgan murojaatni örganiş uçun Andijon viloyati Izboskan tumani Örtaariq mahallasiga bordik.

Halimaxon Abduğafforova va uning oilasi yaqin kişisini yöqotib, hayotning keskin zarbasiga uçragan. Uning ustiga, tegişli idoralar tomonidan Prezident qarori bajarilmayapti.

Halimaxonning turmuş örtoği – vraç reanimatolog Abdunazar Abduğafforov Respublika şoşilinç tez yordam ilmiy markazi Andijon filialida işlagan. Şifokor 2020 yilning 20 iyulida filial boş şifokorining buyruği bilan Andijon viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga koronavirusga çalingan bemorlarni davolaş uçun taşkil qilingan gospitalga safarbar etiladi.

Şu kundan boşlab oğir bemorlar bilan iş olib borgan Abdunazar Abduğafforovning özi ham faoliyati davomida koronavirus yuqtirib oladi va 2020 yil 3 oktabr kuni olamdan ötadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi PQ-4652-son qaroriga muvofiq, koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş doirasida bemorlar bilan işlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtiriş natijasida oğir ahvolga tuşgan va soğliği tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga yoki ularning oila a'zolariga bir martalik 250 million söm tölov tölanişi kerak edi.

Biroq marhum şifokorning ayoli bir yildan beri turli idoralar örtasida sarson bölib, mazkur tölovni olgani yöq. Uning qölidagi murojaatlariga berilgan javoblarning özi bir dasta bölibdi.

Marhum şifokorning otasi muammoli holat böyiça şunday dedi: