Samarqand aeroportining vaqtinçalik yopilgani sababli yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida Qarşi-Samarqand-Qarşi yönalişida “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi qatnovi yölga qöyiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Samarqand xalqaro aeroportining vaqtinçalik yopilişi hamda yölovçilarga qulaylik yaratib, köproq transport xizmatlarini körsatiş maqsadida 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrgaça Qarşi-Samarqand-Qarşi yönalişida 772/771-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi qatnovi yölga qöyiladi.
Qayd etilişiça, bir oy mobaynida Qarşi-Samarqand yönalişida harakatlanadigan 772-sonli “Afrosiyob” poyezdi Qarşi temir yöl vokzalidan soat 12:20da jönaydi. Samarqand-Qarşi yönalişida harakatlanadigan 771-sonli “Afrosiyob” poyezdi esa Samarqand temir yöl vokzalidan soat 14:30da jönaydi.
Ta'kidlanişiça, har ikkala şahardan qatnovlar har kuni amalga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, Samarqand xalqaro aeroportida yangi aerodrom majmuasini işga tuşirişga tayyorgarlik körilmoqda. Şu sababli mazkur aeroport 20 oktyabrdan 20 noyabrgaça vaqtinçalik yopiladi. Uşbu aeroportga keladigan aviaqatnovlar Navoiy, Buxoro, Qarşi xalqaro aeroportlariga yönaltiriladi. Yölovçilar uşbu şaharlardan Samarqandga boşqa transport vositalarida yetkazib qöyiladi.

















