“Uşbu imkoniyatlardan samarali foydalaniş uçun yoşlarni yangi biznes könikmalariga örgatiş, mahallalarda işlarni tizimli taşkil etiş zarur. Saylovoldi dasturi doirasida men har bir viloyatga borganimda yangi “mahallabay” işlaş tizimini tuşuntirib kelyapman. Bu borada Toşkent viloyati “mahallabay” işlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va kambağallikni qisqartiriş böyiça namuna bölişi şart.

Har bir mahallada joriy etilayotgan hokim yordamçilari lavozimiga közi yonadigan, işbilarmon, yangiliklarni joriy etişdan qörqmaydigan, şaşti baland yoşlarni tanlab olamiz va oylik maoşini munosib qilib beramiz. Ularda zarur mablağ, vakolat va mexanizmlar böladi.

Birinçi bölib, hokim yordamçilari: mahallada uyuşmagan yoşlar, işsizlar, bölajak tadbirkorlar röyxati va ehtiyojlarini aniqlaydi; ularni kasb-hunarga öqitişni taşkil qiladi va pulini tölab beradi; öz işini boşlayotganlarga zarur uskunalar olişga kömaklaşadi; banklar bilan birga, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini işlab çiqiş, kredit oliş va işga tuşiriş böyiça yordam beradi. Tumanni körmagan odam qanday qilib rahbar böladi? Odamlarni rozi qiladigan, işsizlikni kamaytiradigan, bemorlarni davolanişiga kömaklaşadigan, ta’limga e’tibor beradigan – eng muhimi, mahallada özini körsatgan odamni men jamoamga olaman. Bölmasa kerak emas! Qoğozda maqtab işga oladigan vaqt ötib böldi.

Umuman olganda, viloyatda kiçik biznes loyihalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş keskin köpaytiriladi. Jumladan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari uçun har yili 1 trillion söm imtiyozli kredit resurslari ajratiladi, xalqaro moliya taşkilotlaridan 60 million dollar jalb qilinadi, tadbirkorlarga kredit foizini kompensatsiya qilişga qöşimça yana 100 milliard söm ajratiladi. Uşbu mablağlar, loyihalar amalga oşirilişiga qarab, har yili köpaytirib boriladi.

Işsizlik yuqori bölgan Böka, Piskent, Oqqörğon, Bekobod tumanlarida yangi tadbirkorlik sub’yektlari uçun, 2025 yil 1 yanvarga qadar yer, mol-mulk, aylanmadan olinadigan soliqlar 1 foiz, foyda soliğining amaldagi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bekobod va Oqqörğon tumanlarini rivojlantiriş dasturlari qabul qilinib, ularga budjetdan yiliga 100 milliard söm ajratiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.