Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Tojikistonga tegishli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan mototsikl haydovchisi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Tojikistonga tegishli yuk mashinasi mototsikl bilan to‘qnashgan. Oqibatda mototsikl haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 13 oktabr kuni soat 19:30larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani Pachkamar mahallasi hududidan o‘tgan 1252-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Tojikiston Respublikasiga tegishli «Mercedes Benz» rusumli yuk mashinasi «Ij» rusumli mototsikl bilan to‘qnashgan. Oqibatda mototsikl haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, yuk mashinasi haydovchisi tik nishablikni hisobga olmasdan o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu paytda qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan mototsikl unga urilgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026