Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylaştirilgan qaror loyihasiga köra, u prezidentning «Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni tarbiyalaşning tubdan yangilangan tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida» 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5215-sonli, «Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning yangi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida» 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5216-son qarorlari ijrosini ta'minlaş maqsadida qabul qilinadi.
Şuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boşqa qonuniy vakillarining qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning muammolarini örganiş hamda hal etiş, ularning orzu-istaklarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş, şuningdek tarbiyalanuvçilar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş ham maqsad qilingan.
Qaror bilan «Mehr daftari» tizimi bilan işlaş töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.
«Mehr daftari» – yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning muammolarini örganiş va hal etiş, orzu-istaklarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş, ularni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarni rağbatlantiriş, ularning ota-onasining yoki boşqa qonuniy vakillarining qaramoğidan mahrum bölişi sabablarini çuqur örganiş hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etiş böyiça tizim.
«Mehr daftari»ga quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar bolalar kiritiladi:
- XTV tizimidagi «Mehribonlik» uylari, Bolalar şaharçalari, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan 3 yoşdan boşlab – majburiy umumiy örta va örta maxsus ta'limni tamomlagunga qadar bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar;
- SSV tizimidagi Bolalar uylarida tarbiyalanayotgan 3 yoşdan 7 yoşgaça bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar;

















