Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida «GAZ-53» yuk maşinasi yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 58 yoşli ayol tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 11 oktabr kuni soat 17:10 larda M41 Bişkek-Duşanbe-Termiz xalqaro avtomobil yölining Şörçi tumani Elbayon mahallasi hududidan ötgan 1513-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
1993 yilda tuğilgan haydovçi «GAZ-53» yuk maşinasi bilan Şörçi-Qumqörğon yönalişida harakatlanib kelib, boşqaruvni yöqotgan. Söng yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan 1963 yilda tuğilgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda ayol oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, «GAZ 53» yuk maşinasi haydovçisi qoidalarni buzib me'yordan oşiq tezlikda harakatlangan. Şuningdek, piyoda ham yölning belgilanmagan joyidan kesib ötgan.
Surxondaryoda maşina boşqarib yurgan 15 yoşli ösmirga çora körildi

















