“Viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi, Baxmal, Ğallaorol va Döstlik tuman şifoxonalari ayançli holatda, 20 dan ziyod poliklinikaning uskunalari 30 yildan beri işlatib kelinadi. Jizzax şahridagi 5 ta oilaviy poliklinikadan 2 tasi ijarada, 3 tasi 30 yil avval ta'mirlangan.
Şu bois, viloyatda tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytiriş, ularni yangi bosqiçga olib çiqib, odamlarni rozi qiliş uçun: barça oilaviy şifokorlik punktlari va poliklinikalar töla ta'mirlanib, töliq jihozlanadi; qöşimça 23 ta oilaviy poliklinika va şifokorlik punktlari oçiladi; Jizzax şahrida 320 öringa ega köp tarmoqli viloyat şifoxonasi barpo etiladi; eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan Bolalar diagnostika markazi oçiladi; Ğallaorol, Paxtakor va Zomin tumanlarida “perinatal markazlar” taşkil etiladi; Döstlik, Ğallaorol va Zomin tumanlarida jarohatlar va ötkir qon-tomir kasalliklari markazlari faoliyati yölga qöyiladi.
Bundan taşqari, tez tibbiy yordam uçun 100 dan ziyod “Damas”lar Jizzaxda işlab çiqarilayotgan “Folksvagen” maşinalariga almaştiriladi. Toğli va olis hududlar uçun tibbiy vertolyot faoliyati yölga qöyiladi. Uşbu maqsadlar uçun kelgusi beş yilda budjetdan 2,1 trillion söm mablağ ajratiladi.
Yana bir muhim masala – aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatiga şifokorlarning yetişmasligi ham salbiy ta'sir körsatmoqda. Viloyatda 1,5 mingga yaqin vraçlarga ehtiyoj mavjud. Şu maqsadda, tibbiyot oliygohlarida öqiyotgan 1 ming 200 nafar jizzaxlik talabalarni öz hududlarida işga jalb etiş uçun qulay şaroit yaratiladi. Ular bilan şartnoma tuzilib, ta'lim kontrakt pullari hokimliklar tomonidan tölab beriladi. Bundan taşqari, “Qişloq şifokori dasturi” kengaytirilib, yana qöşimça 6 ta olis qişloqqa işlaşga boradigan yoş şifokorlarga ham 30 million sömdan beriladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Toğli va olis hududlar uçun tibbiy vertolyot faoliyati yölga qöyiladi - Prezident
18:36 / 21.10.20217 6752 min
Joriy yilda Jizzax viloyatida ötkazilgan tibbiy köriklarda 250 ming nafar aholida turli surunkali kasalliklar borligi aniqlandi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev aytib ötdi.

















