21 oktyabr kuni Markaziy bankda bölib ötgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov regulyatorning 2022-2023 yilgaça bölgan rejalarini ma'lum qildi.

“2022 yilda YaIMning real ösişi 5,6-6 foizni, inflatsiya darajasi esa 8-9 foizni taşkil etişi, 2023 yilda esa YaIM ösişi 6 foiz atrofida, inflatsiya 2023 yil oxiriga borib 5 foizga pasayişi kutilmoqda”, – dedi Markaziy bank raisi.

Uning ta'kidlaşiça, rejalarni amalga oşiriş uçun asosiy va muqobil ssenariylar işlab çiqilgan. Muqobil reja iqtisodiy ösişga salbiy ta'sirlar oşgan taqdirda qöllaniladi.

“Asosiy ssenariyda iqtisodiy ösişning asosiy drayveri sifatida xususiy içki va taşqi va iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oşiriladigan tarkibiy islohotlar kiradi. 2024 yilgaça böladigan ösişimiz birinçi navbatda şu ikki omil asosida şakllanişiga urğu beryapmiz.

Iste'mol bozorida raqobat muhitini rivojlantiriş, konsentratsiyalaşuv darajasini pasaytiriş, mehnat unumdorligini oşiriş hamda hududlarda savdo-sotiq infratuzilmasini rivojlantiriş borasidagi islohotlarga muhim şart sifatida qaraymiz. Çunki hozirgi aytib ötilgan islohotlar narx-navo şakllanişida omil hisoblanadi.

Taşqi va içki iqtisodiy şaroitlarning bosqiçma-bosqiç yaxşilanib borişi pandemiya bilan boğliq vaziyat normallaşib transçegaraviy çeklovlar yumşatilişi, turizm va yuk taşiş, iqtisodiy faollik yanada jadallaşib investitsion va iste'mol tovarlarining ösişi eksport tovarlari hajmining ijobiy dinamikasi oşişini közda tutganmiz”, – deya MB raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mamarizo Nurmurotov jahondagi vaziyat keskinlaşganda muqobil rejaga ötiş borasida ham gapirdi.

“Iqtisodiyotga salbiy ta'sirlar oşib ketganda, iqtisodiyotni rağbatlantiriş maqsadida iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş, narxlar barqarorligini ta'minlaş örtasida muvozanatni ta'minlaşga alohida e'tibor qaratamiz. Pul-kredit siyosatimizda ma'lum bir yumşatişlarga yöl qöyib, iqtisodiy faollik, narxlar barqarorligini ta'minlaş e'tiborimizda böladi”, – deya ta'kidladi u.

Avvalroq, Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirgani ma'lum qilingandi.