Jizzaxda haydovçining uxlab qolişi ortidan sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida ikki kişi vafot etgan. Yana olti kişi şifoxona jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 16 oktyabr kuni soat 3:00larda M39 Almati-Toşkent-Termiz avtomobil yölining Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanidan ötgan 989-kilometrida odam ölimi bilan boğliq YTH sodir bölgan.

Surxondaryo viloyati Angor tumani Yangiobod mahallasida yaşovçi haydovçi öz boşqaruvida bölgan Cobalt maşinasini Termiz-Toşkent yönalişida boşqarib kelayotib qarama-qarşi yönalişda kelayotgan Buxoro şahrida yaşovçi haydovçi boşqaruvida bölgan Chevrolet Optra rusumli maşinaga borib urilgan.

Foto: videodan kadr IIV axborot xizmati 

Oqibatda, Chevrolet Optra haydovçisi va uning bir nafar yölovçisi oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Bundan taşqari, Chevrolet Optra maşinasining ikki nafar yölovçisi, şuningdek, Cobalt haydovçisi hamda uning tört nafar yölovçisi turli darajada tan jarohati olib şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Dastlabki suriştiruvlarda aniqlanişiça, Cobalt haydovçisi boşqaruv paytida uxlab qolgan va boşqaruvni yöqotgan. Natijada, maşina yölning qarama-qarşi tomoniga ötib ketib Chevrolet Optra bilan özaro töqnaşgan.