Jizzax viloyati Foriş tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida navoiylik ikki nafar yölovçi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 16 oktyabr kuni soat 19:05 larda davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R-36 Jizzax-Foriş-Qizilça avtomobil yölining Foriş tumani Döstlik mahallasi hududidan ötgan 111-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Navoiy viloyati Nurota tumani Sintob mahallasida yaşovçi haydovçi Nexia-3 maşinasini Foriş-Nurota yönalişida boşqarib ketayotib boşqaruvni yöqotgan. Natijada maşina yölning çap tomoniga ağdarilib ketgan. Oqibatda maşinada yölovçi sifatida ketayotgan 2001 va 2003 yillarda tuğilgan, Nurota tumani Sintob mahallasida yaşovçi fuqarolar oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Foriş tumani IIB tergov bölimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.