Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Şavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi ğalabasi bilan tabrikladi.

«Sizni 2021 yil 24 oktabr kuni mamlakatimizda bölib ötgan prezident saylovlaridagi işonçli ğalabangiz bilan çin dildan, samimiy muborakbod etamiz. Alloh taolodan xalq farovonligi va yurt ravnaqi yölidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deyiladi tabrikda.

Muftiy prezidentlik saylovlari natijalari xalqning öz rahbariga bölgan yuksak işonçi va hurmatidan dalolat ekani haqida yozgan.

Şuningdek, tabrik matnida amaldagi prezidentning saylovlardagi aniq ğalabasi – mamlakatni rivojlantirişga qaratilgan islohotlar xalq tomonidan qöllab-quvvatlanişining namoyişi bölgani aytiladi.

«Alloh taboraka va taolodan Siz janobi oliylariga va oilangizga sihat-salomatlik, şod-u xurramlik va oilaviy baxt tilaymiz. El-yurt saodati va xalqimiz farovonligi yölida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar ato etişini Yaratgan Parvardigordan söraymiz», – deyiladi yaqindagina saylangan muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning tabriknomasida.

Eslatib ötamiz, 25 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi 24 oktabr kuni bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalarini e'lon qildi.

MSK raisi Zayniddin Nizomxöjayev saylov natijalariga köra, ÖzLiDeP nomzodi, amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan lavozimga qayta saylangani haqida ma'lum qildi.