Telegram messenjeri kanallarida rasmiy reklamalar paydo böladi, deb xabar berdi Pavel Durov öz Telegram kanalida.
Uning sözlariga köra, hozirça reklamalar yirik kanallarga joylaştiriladi. Bular mingdan ortiq obunaçiga ega bölgan kanallardir, deyiladi xabarda.
Durovning işontirişiça, messenjer reklamani toifalarga möljallab beriş maqsadida foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlarini töplamaydi. Reklamalar mazmuni kanallar mavzusiga boğliq böladi.
Ma'lumot berilişiça, reklama xabarlarining uzunligi 160 ta belgidan oşmaydi, ularda fotosuratlar va boşqa saytlarga havolalar bölmaydi. Reklama kanaldagi barça yangi xabarlar körib bölganidan keyin paydo böladi.
Reklama beruvçilar kanallarning tili va mavzularini tanlaşlari mumkin böladi.
Reklamalardan keladigan daromad bazaviy xarajatlarni qoplaşni boşlaganidan söng va platforma töliq işga tuşgaç, daromad Telegram va reklama beruvçi örtasida taqsimlanadi.
«Reklamalardan keladigan daromad Telegram uçun foydalanuvçilarga bepul va çeklanmagan servisni taqdim etiş imkoniyatini beradi», — deb yozadi Durov.
Ma'lumotlarga köra, messenjerdan har oyda 500 milliondan ortiq foydalaguvçi foydalanadi.

















