Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida sodir bölgan YTHda qoidalarni buzib harakatlangan haydovçi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 20 oktyabr kuni soat 21:00larda M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Şerobod tumani Mehnatobod mahallasi hududidan ötgan 1311-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
1994 yilda tuğilgan haydovçi öz boşqaruvida bölgan Nexia maşinasi bilan Toşkent-Termiz yönalişida harakatlanib kelib boşqaruvni yöqotgan va yöl örtasiga örnatilgan beton tösiqqa urilgan. Oqibatda haydovçi oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan. Bundan taşqari, Nexia maşinasida yölovçi sifatida ketayotgan 1976 yilda tuğilgan fuqaro oğir tan jarohatlari olib şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, haydovçi qoronği paytda qoidalarni buzgan holda belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlangan. Natijada boşqaruvni yöqotgan va beton tösiqqa urilgan.
Şuningdek, yöl-transport hodisasi sodir bölgan joyda yölni ta'mirlaş işlari olib borilayotgani va bu haqda heç qanday ogohlantiruvçi belgilari örnatilmagani ma'lum bölgan.
Surxondaryoda «GAZ-53» yuk maşinasi urib yuborgan 58 yoşli ayol vafot etdi

















