Boş prokuratura axborot xizmati holat yuzasidan yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-moddasi (Atrof tabiiy muhitni ifloslantiriş) bilan jinoyat işi qözğatilganini ma'lum qildi.
«Uşbu holat böyiça viloyat prokuraturasi tomonidan tegişli soha mutaxassislari jalb qilingan holda keng qamrovli tekşiruv ötkazildi. Bu jarayonda sanoat korxonalaridan Zarafşon daryosiga oqizilgan çiqindi suvlar tarkibi va nobud bölgan baliqlarda maxsus laboratoriya va ekspertiza tahlillari ötkazilib, tegişli xulosalar olindi va boşqa holatlar atrofliça örganildi.
Tekşiruv natijalari Zarafşon daryosiga azot ammoniy, nitrit va boşqa kimyoviy moddalar me'yoridan ortiqça miqdorda oqizilganligi oqibatida daryodagi köplab baliqlar nobud bölganligini körsatdi.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan joriy yil 28 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 196-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Navoiy viloyati prokuraturasi xabarida.
8 oktabr kuni Ekologiya qömitasi «Navoiyazot» AJ tomonidan Zarafşon daryosiga hayot uçun xavfli bölgan moddalar oqizilgani, oqibatda daryo suvi zaharlanib, köplab baliqlar nobud bölgani haqida xabar bergandi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi inspektorlari tomonidan ötkazilgan tadqiqotda Zarafşon daryosi suvida azot ammoniy belgilangan me'yorlardan 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba yuqori ekani va bu daryoda yoppasiga zaharlaniş yuzaga kelişiga sabab bölganini körsatgan.
Davlat ekologiya qömitasi rahbari örinbosari Islombek Boqijonov Kun.uz'ga «Navoiyazot» daryoga zararli modda oqizişi oqibatida ayni damga qadar aniqlangan zarar 4 milliard sömdan ortiq bölişi mumkinligini aytgan. Qayd etilişiça, daryoda mingdan ortiq baliq nobud bölgan, ular orasida «Qizil kitob»ga kiritilgan turlar ham aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi 28 oktabr kuni JKning 196-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatib, dastlabki tergov harakatlarini boşlagandi. Işni örgangan Boş prokuratura xulosasiga köra zarar miqdori qariyb 5 mlrd söm ekani, mazkur holat uçun «Navoiyazot» AJ javobgar sifatida jalb etilişi
















