O‘zbekiston | 14:42 / 30.10.2021
9970
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yengil avtomobillar asosan Xitoy va Koreyadan olib kelinmoqda 

O‘zbekiston 9 oyda xorijdan nechta yengil avtomobil import qilgani ma'lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma'lumot bilan chiqdi.

Foto: tarantas.news

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatlardan qiymati 390,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 18 150 ta yengil avtomobil import qilgan. 

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2331 taga kamaygan.

Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar orasida Xitoy (4 981 ta) va Koreya (4 644 ta) yetakchilik qilmoqda.

Bundan tashqari, quyidagi davlatlardan ham avtomobil importi amalga oshirilgan:

Rossiya – 3 386 ta;
Qozog‘iston – 2 789 ta;
Polsha – 997 ta;
AQSh – 427 ta;
Litva – 427 ta;
Tailand – 250 ta;
Germaniya – 93 ta;
Yaponiya – 72 ta;
Turkiya – 25 ta.

Avvalroq, ikkilamchi bozorda Malibu 18 foizga, Cobalt 12 foizga qimmatlashgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid