Nizom harbiy xizmatçilarni oliy harbiy ta'lim muassasalarida öqitişga sarflangan budjet mablağlarini undiriş tartibini belgilaydi.

Nizom oliy harbiy ta'lim muassasalarida Özbekiston davlat budjeti mablağlari hisobidan öqigan va öqişni tamomlagandan söng tuzilgan kontrakt böyiça Özbekiston Qurolli Kuçlari, harbiy xizmatni ötaş nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qömitalari va idoralarda ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni ötayotgan, şuningdek, harbiy xizmatda qoldirilgan holda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlariga, boşqa taşkilotlarga xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatçilarga nisbatan tatbiq etiladi.

Oliy harbiy ta'lim muassasasiga öqişga kirişdan oldin Özbekiston fuqarolari, harbiy xizmatçilar, ularning ota-onalari yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar mazkur muassasa rahbariyati tomonidan, ular öqişni tamomlagandan söng tuzilgan kontraktda körsatilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni ötaşdan boş tortgan, şuningdek, kontrakt şartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uçun sudlangani sababli böşatilayotgan yoxud bunday kontraktni tuzişdan boş tortgan hollarda harbiy xizmatçini öqitişga sarflangan budjet mablağlarini qoplab berişlari (moddiy javobgarlik) töğrisida yozma ravişda ogohlantiriladi va ulardan tilxat olinadi.

Harbiy xizmatçilarni xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalarida (oliy, oliy harbiy va boşqa ta'lim muassasalarida) öqitişga sarflangan budjet mablağlari qonunçilikda belgilangan tartibda tuzilgan maxsus kontraktda nazarda tutilgan şartlarni inobatga olgan holda umumiy asoslarda undiriladi.

Oliy harbiy ta'lim muassasasini tamomlagandan söng harbiy xizmatni ötaş töğrisidagi kontraktni imzolagan harbiy xizmatçilar, unda körsatilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni ötaşdan boş tortgani, uşbu kontrakt şartlarini bajarmagani yoki sodir etgan jinoyati uçun sudlangani sababli unda körsatilgan muddatdan ilgari rezervga böşatilsa, ulardan öqitişga sarflangan budjet mablağlari undirib olinadi.

Öqitişga sarflangan budjet mablağlari quyidagi hollarda undirilmaydi, agar:

a) harbiy xizmatçi kontraktda körsatilgan muddat tugaganligi, soğligining holatiga köra, taşkiliy-ştat tadbirlari munosabati bilan undan xizmatda foydalanişning imkoni yöqligi yoki davlat sirlari bilan işlaş ruxsatnomasidan mahrum qilinganligi sababli, harbiy xizmatdan rezervga (iste'foga) böşatilsa (çiqarilsa);

b) harbiy xizmatçining ota-onasidan biri harbiy xizmatçi
yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimi bölib harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat vazifalarini) bajarayotgan vaqtda halok bölgan bölsa;