Körgazmaga qöyilgan buyumlar surati Lukaşenko matbuot xizmati bilan boğlangan “Pul pervogo” telegram-kanalida e'lon qilingan. “Pul saroy böylab kelasi ekskursiyasi vaqtida esdalikka suratga tuşiş uçun qayerda navbat bölişini biladi”, deb aytilgan xabarda.
Avtomatdan taşqari muzey eksponatlari orasida OMON kiyimi va ramzi, “Batka uçun” (Za Batku) yozuvi bölgan milliy bayroq va maxsus kuçlar topşirgan haykalça bor.
Biroq körgazmaning markaziy elementi xavfsizlik xizmati xodimlaridan birining qizi tomonidan Lukaşenkoga 1 sentyabrda tuğilgan kuniga sovğa qilingan surat böldi. Ta'kidlanişiça, uşbu suratni yaratişga 6 oy ketgan.
“Men va Kolya (Lukaşenkoning öğli) avtomat bilan yugurib yurgan vaqtimiz”, deb izoh bergan suratga öşanda Belarus prezidentining özi va “Bu hayotimdagi muhim lahza bölgan” deb qöşimça qilgan. “Men san'at borasida mutaxassis emasman, biroq bu surat menga yoqdi”, deb ta'kidlab ötgan davlat rahbari.


Suratda 2020 yil 23 avgustdagi tartibsizliklar vaqtida Lukaşenko öğli bilan Mustaqillik saroyiga vertolyotda uçib kelgandan keyingi holat tasvirlangan. Öşanda ota-bola Kalaşnikov avtomatlari bilan qurollangan bölgan.
“Belta” davlat agentligining xabar berişiça, körgazma Belarusda prezident saylovlaridan keyin yuz bergan voqealarning bir yilligiga bağişlangan.

















