Vazirlar Mahkamasining “Bozor va savdo komplekslari boşqaruv tizimini takomillaştiriş hamda ulardagi davlat iştirokini bosqiçma-bosqiç qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasi e'lon qilindi.
Hududlar rivojlaniş darajasi va öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqqan holda, bozor va savdo komplekslarini qulay savdo maskanlariga aylantiriş hamda ulardagi davlat uluşlarini sotiş jarayonini şaffof va oşkoralik asosida ötkaziş maqsadida, qaror loyihasining:
1-ilovasiga muvofiq, ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (uluşlari) birinçi bosqiçda eksperiment tariqasida “hammasi bir joyda” tamoyili asosida zamonaviy körinişga keltiriş şarti bilan belgilangan tartibda sotiladigan bozor va savdo komplekslari röyxati;
2-ilovasiga muvofiq, qonunçilikda belgilangan tartibda tugatiladigan faoliyat körsatmayotgan bozor va savdo komplekslari röyxati tasdiqlanadi.
Bunda, bozor va savdo komplekslaridagi davlat uluşlarini sotiş şartlari va usullari Davlat mulkini sotişda tender savdolarini ötkaziş böyiça davlat komissiyasi qaroriga asosan belgilanadi.
Şuningdek, qaror loyihasi bilan ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (uluşlari) sotiladigan bozor va savdo komplekslari faoliyatini, ulardagi mulkiy masalalar bilan boğliq muammolarni örganiş hamda aniqlangan muammoli masalalarni bartaraf etiş çoralarini köriş böyiça hududiy komissiyalar taşkil etiladi.
Bozor va savdo komplekslarini sotişdan oldin tayyorlaş va savdolarga çiqariş, hududiy komissiyalar işini muvofiqlaştirişni amalga oşiriş böyiça Davaktiv agentligi huzurida budjetdan taşqari Davlat aktivlarini boşqariş, transformatsiya va xususiylaştiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan Bozor va savdo komplekslari boşqaruv ofisi taşkil etiladi.
Şu bilan bir qatorda, qaror loyihasida bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari aksiyalari (uluşlari)ni sotişda:
sotişdan tuşgan mablağlarning respublika budjetiga taqsimlanadigan qismi, istisno tariqasida, tegişinça Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlariga yönaltirilişi;
bozor va savdo komplekslari ustav kapitalida davlat uluşi ustun mavqega ega bölgan korxonalar uluşi mavjud bölganda, ularning uluşlari belgilangan tartibda boşqaruv organlari qarorlari asosida balans qiymatida ustav fondidagi davlat uluşini kamaytiriş hisobiga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ötkazilib, yaxlit paketda savdoga çiqarilişi;

















