Ikki haftalik tanaffusdan keyin bugun, 2 noyabr seşanba oqşomida Çempionlar ligasi 4-tur bahslariga start beriladi. Yevropa qişki vaqtga ötgani sababli bahslarni yana bir soat köproq kutişimizga töğri keladi. Turning dastlabki kungi öyinlar röyxatidan bir qator e'tiborli qarama-qarşiliklar örin olgan. Quyida törtta guruhdagi vaziyat, taxminiy tarkiblar va öyinlar anonsi bilan taniştirib ötamiz.

Bu turda qaysi jamoalar pley-offga yöllanma olişi mumkin?

Çempionlar ligasi 4-tur uçraşuvlarida bir yöla beşta klub guruh bosqiçi yakunlanişidan ikki tur avval 1/8 finalga yöllanma oliş imkoniyatiga ega. Turnirning eng sermahsul klubi «Bavariya» ketma-ket bu öyinda ham «Benfika»ni mağlubiyatga uçratsa, guruhdan çiqiş vazifasini bajaradi. Şuningdek, 4-turdagi 3 oçko «Liverpul», «Zalsburg» va «Yuventus»ga ham nimçorakfinal yöllanmasini taqdim etadi. Şuningdek, «Ayaks» Dortmundning «Borussiya» klubidan bu turda ham ustun kelsa, keyingi bosqiç masalasini hal etadi.

Foto: FK «Zenit»

Sulşer uçun yana bir sinov

Antonio Kontening «Tottenhem» boş murabbiyiga aylangani «Atalanta» bilan bahs oldidan «Mançester Yunayted» boş murabbiyi Sulşerga nafasni rostlaş imkonini bergan bölsa ajabmas. Ötgan bir hafta davomida juda kuçli bosim va tanqidlar ostida qolgan norvegiyalik murabbiy örnini aynan Kontega böşatib berişga yaqin edi. Ammo unga uç öyinlik imkoniyat berilgani va ulardan dastlabkisida «Tottenhem» ustidan erişilgan ğalabadan söng ikkinçi sinov YeÇL doirasida «Atalanta»ga qarşi ötadi. Bergamodagi uçraşuvda ham Sulşer Londondagi ğalabali öyindagi uslub va tarkibdan foydalanişi mumkin. Ole-Gunnar bu haqda öyindan oldingi matbuot anjumanida aytib ötdi. «Old Trafford»dagi bahsda Gasperini şogirdlari 2:0 hisobidagi ğalabani yakunda yöqotganini (2:3) inobatga olsak, Bergamoda mezbonlar alamli mağlubiyat uçun revanşga intilişlarini kutiş mumkin.

«Barsa» Kiyevda Kumansiz ham 3 oçko oladimi?

«Dinamo»ga qarşi keçadigan öyin oldidan ötgan haftada «Barselona» boş murabbiyi Ronald Kuman iste'foga çiqarildi. Boş murabbiy vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan Serxi Barxuan qöl ostida kataloniyaliklar «Alaves» bilan durang (1:1) qayd etişga ulgurişdi. Ukrainada navbatdagi oçkolar yöqotilişi «Barsa»ni qiyin vaziyatga tuşirişi mumkin.

Mezbonlar uçun ham «Barselona» bilan öyin hal qiluvçi ahamiyatga ega. Mağlubiyat – katta ehtimol bilan «Dinamo»ni bahorgi yevrokuboklardan mosuvo etadi. Ammo «Barsa»dagi hozirgi vaziyat va tarkibda Jyerar Pike, Serxio Aguero va Pedrining yöqligi kiyevliklarga oçko oliş imkonini yaratişi mumkin.