Özbekistonning AQŞdagi elçixonasidan ma'lum qilişlariça, uşbu kelişuvni amalga oşiriş doirasida Orolböyi hududi uçun möljallangan ön konteyner insonparvarlik yukining tört konteyneri yaqin kunlarda Özbekistonga jönatiş uçun tayyorlab qöyildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Bu haqda elçi Javlon Vahobov va «Project C.U.R.E.»ning xorijiy hukumatlar bilan işlaş böyiça direktori Melissa Esposti örtasida bölib ötgan muloqot çoğida ma'lum qilindi. Amerika vakillarining ta'kidlaşiça, insonparvarlik yuki Qoraqalpoğistonga dekabr oyida yetkaziladi.

M.Espostining sözlariga köra, «Project C.U.R.E.» Orolböyi mintaqasining köp sonli aholisini qöllab-quvvatlaş uçun xayriya loyihasini amalga oşirişga qariyb ikki yil tayyorgarlik kördi. «Qoraqalpoğiston aholisi uçun beğaraz yordam yukini jönatişning ayni fursati yetib keldi», dedi u. 

«Project C.U.R.E.» vakili Qoraqalpoğistondagi 24 ta tibbiyot muassasasi katta ehtiyoj sezayotgan tibbiyot asbob-uskunalar haqida xabardorligini ma'lum qildi. Şu bois yukning dastlabki törtta konteyneri birinçi navbatda uşbu tibbiyot muassasalariga taqdim etiladi.

Mamlakat diplomatiya missiyasi ma'lumotiga köra, yuk tarkibi elektrogidravlik operatsiya stollari, gemodializ apparatlari, ultratovuş tadqiqot uskunalari, rentgen skanerlari, çaqaloqlar uçun intensiv terapiya inkubatorlari, defibrillyatorlar, laboratoriya anjomlari, tibbiy kislorod ballonlari va boşqa asbob-uskunalardan taşkil topgan.

«Project C.U.R.E.» nodavlat notijorat taşkiloti 1987 yilda taşkil etilgan bölib, u rivojlanayotgan mamlakatlarga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetişmovçiligini bartaraf etişda yordam beradi. NNT AQŞning 6 ştatida özining yirik tarqatiş markazlariga ega. 

Joriy yil may oyida «Project C.U.R.E.» loyihasi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi soğliqni saqlaş taşkilotlariga tibbiy materiallar, asbob-uskunalar, mobil ventilyatorlar va tibbiy buyumlarni öz içiga olgan insonparvarlik yordamining birinçi partiyasi jönatilgan edi.