Toşkent viloyatidagi xonadonlardan birida şerlar boqilayotgani ma'lum böldi
|19:10 / 04.11.20219 2693 min
Foto: ekologuzFoto: ekologuz
Toşkent viloyatidagi xonadonlardan birida şerlar boqilayotgani ma'lum böldi. Bu haqda ekologiya böyiça xabarlarni yoritib beruvçi Ekologuz telegram kanalida xabar qilindi.
Qayd etilişiça, kanalga kelib tuşgan xabarda Toşkent viloyatining Parkent tumanida xususiy xonadonda şerlar boqilayotgani haqida aytilgan. Kanal ma'muriyati, “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qiliş NNT vakili va Parkent tuman Ekologiya boşqarmasi vakillari şerlarni borib körgan.
“Krasnogorsk şaharçasidan çiqib ketaverişda dala hovlilar bor ekan. Şularning birida ikkita şer (erkak va urğoçisi) va ularning bolasi boqilmoqda. Şerlar tor, qoronği yertölasimon joyda saqlanar ekan. Bolaçasining bir közi parda bilan qoplangan. U ota-onasidan ajratib olingan.
Foto: ekologuz
Uy egasining aytişiça, şerlarning barça hujjatlari mavjud (ammo ularni körmadik). Andijon hayvonot boğidan sotib olingan va Krasnogorskda xususiy hayvonot boğini oçiş uçun harakatida ekan. Ammo hali boğga yer ajratilmagan. Şerlarning qorni töqdir balki, ammo 2 yildan buyon qoronği joyda saqlanayotgan şerlarni körib, yuragim ezilib ketdi. Hayvonot boği oçilgan taqdirda ham bor budini bugungi kunda şerlarning qornini töydirişga sarflayotgan oila a'zolari undan qançalik daromad ola olişadi?” deyiladi e'lon qilingan xabarda.
Kanaldagi ma'lumotda Ekologiya qömitasi va Ekopartiya hayvonlar taqdiriga befarq bölmaslikka çaqirilgan.
Foto: ekologuz
“Hayvonot boği oçilgunga qadar (qaçon oçilişi noma'lum) şerlar tor qafasda qançagaça yaşaşadi? Kelayotgan qiş kunlarida ularning kasal bölişi tabiiy, çunki yertöla polida somon ham yöq edi. Şervaççaning közini esa zudlik bilan veterinarga körsatiş lozim. Eng maqbuli, xususiy hayvonot boğini oçişga bel boğlagan fuqaro yer olib, boğni oçguniça, hayvonlarni Toşkent hayvonot boğiga köçiriş kerak. Hayvonlar taqdiriga Ekologiya qömitasi va Ekopartiya ham befarq qolişmas, degan umiddamiz”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Qoraqalpoğistondagi yagona hayvonot boği yopilib ketiş arafasida ekani xabar qilingandi