
Toşkentning qoq markazi – ayni paytda Milliy boğ deb nomlanuvçi hudud azaldan poytaxt aholisi va mehmonlarining sevimli joyi bölgan. Talabalar, maktab öquvçilari va umuman hordiq çiqaruvçilar bilan hamişa gavjum bölgan bu hudud bir tarafdan qadimiy Beşyoğoç maydoni, ikkinçi tarafdan “Xalqlar döstligi” saroyi bilan tutaşgan.
Ittifoq davrida Komsomol köli deb nomlangan, xalqimizning qöl mehnati evaziga barpo qilingan kölda bir neça avlod çömilib ulğaygan. Bu joyda maşhur filmlar işlangan, neça yillarki kelin-kuyovlar eng esda qolarli onlarini şu yerda tarixga muhrlaganlar.


Suvli va yaşil bu hudud maydoni yillardirki qisqarib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida uning katta hududi örab olinib, Oliy Majlisga ajratib berildi.
Keyinçalik Yozuvçilar uyuşmasi köçirib kelinib, alohida binolar qurildi, Adiblar xiyoboni taşkil etildi. Atoqli yozuvçilarning haykallaridan iborat alleya paydo böldi. Yaqinda esa boğ va kölning katta qismi örnida çet eldagi qasrlardan andoza olingan “Magic City” majmuasi qad rostladi.

Bu yangi ğoyalar faqat yaşil hudud va köldan kapsan oliş hisobiga amalga oşirilgani taajjubli. Sönggi ma'lumotlarga köra, bu köl batamom quritilarkan.

Daryöning aniqlaşiça, quritilayotgan köl örniga yo drama teatri, yo opera teatri qurilişi möljallangan. Ammo hali tugal fikr yöq. Qiziği, nima qurilişi noma'lum bölsa-da, quruvçi kompaniya aniq: Enter Engineering.




















