Moliya vazirligi 2021 yilning yanvar-sentabr oylari davomida amalga oşirilgan davlat xaridlari töğrisida ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 9 oyi davomida budjet buyurtmaçilari 44,7 trln sömlik, yirik davlat korxonalari 34,3 trln sömlik, korporativ buyurtmaçilar esa 20,5 trln sömlik davlat xaridlarini amalga oşirgan.
Şu bilan birga, budjet buyurtmaçilarining davlat budjeti hisobidan amalga oşirilgan xaridlari 27,2 trln sömni, budjetdan taşqari jamğarmalari (BTJ) hisobidan amalga oşirilgan xaridlari 6,1 trln sömni, davlat maqsadli va boşqa maqsadli jamğarmalari (DMJ) hisobidan amalga oşirilgan xaridlari 11,3 trln sömni taşkil qilgan.
Budjet buyurtmaçilari tomonidan amalga oşirilgan eng köp davlat xaridlari avtomobil yöllari (16 foiz), soğliqni saqlaş (13 foiz), xalq ta'limi (11 foiz) va suv xöjaligi (10 foiz) sohalari hissasiga töğri kelgan.
Yanvar-sentabr oylaridagi jami davlat xaridlari 99 553 mlrd söm bölgan.













