«Tomonlar Rossiya – AQŞ munosabatlarini muhokama qildi», deb yozilgan atigi 5 ta sözdan iborat xabarda.
CNN esa bu taşrifning asl mohiyati haqida öz manbasiga tayanib yozdi. Unda aytilişiça, MRB direktori Moskvaga Kremlni ogohlantiriş uçun borgan. Öz vaqtida AQŞning Rossiyadagi elçisi bölib işlagan Byorns Rossiya Xavfsizlik kengaşi boş kotibi Nikolay Patruşev va Kremlning boşqa yuqori martabali vakillari bilan uçraşib, AQŞ Rossiyaning Ukraina çegarasidagi favqulodda harbiy faollaşuvidan xabardorligini bildirgan.
CNN'ga köra Jo Baydenning körsatmasi bilan Moskvaga borgan MRB direktori Moskvadan turib Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga telefon qilgan. Naşrga köra, AQŞ Rossiya va Ukraina munosabatlari keskinlaşuvining oldini olmoqçi. Ukrainaga bir neça kun avval Davlat departamenti delegatsiyasining yuborilganiga ham aynan şu sabab bölgan.
CNN'ning Davlat departamentidagi manbasi Rossiya istalgan vaqt Ukrainaga hujum qilişi mumkinligi va bunday holatda heç qanday ogohlantiriş Ukrainaga yordam bermasligini aytgan. Öz navbatida Pentagon Rossiya Ukrainaga hujumga tayyorgarlik körayotgani haqida heç qanday ma’lumot yöqligini bildirgan.
Rossiya va Ukraina çegarasidagi holat Vladimir Putinning Qrimga taşrifidan keyin yana katta sahnaga çiqdi. Ukraina TIV bu taşrifni qoralab çiqqandi.
















