Toşkent metrosining qurilişi 1971-1972 yillarda boşlangan. 1977 yilda birinçi yönaliş – “Çilonzor” işga tuşiriladi. Uzunligi 12,2 kilometrli, bekatlari soni 9 ta bölgan mazkur liniyaning oçilişi öşa davr şahar aholisi uçun katta yangilik edi.
Ma'lumotlarga köra, ötgan asrning 80-yillarida Toşkent aholisi 1,5 million kişidan oşgan, şaharda transport muammosi paydo bölgandi. Markaziy Osiyoda birinçi bor poytaxtimizda qurilgan metropolitenning “Çilonzor” yöli ana şu muammo yeçimlaridan biri bölgan va yirik tumanni şahar markazi bilan boğlagan.

Foto: Viktor Fesenko / mytashkent.uz
Oradan köp ötmay (1980 yilda) uşbu yönalişning ikkinçi bosqiçi ham foydalanişga topşirilgan.
1984 yilda metroda navbatdagi yangi yönaliş – “Özbekiston” oçilgan. Uning ikkinçi qismi esa 1992 yildan töliq işga tuşirilgan.

Foto: Vikipediya
2001 yil oktyabr oyida “Yunusobod” yönalişining birinçi uçastkasi, uzunligi 7,5 kilometr bölgan oltita stansiya foydalanişga topşirildi. 2020 yilda mazkur yönalişda yana ikkita bekat oçildi.


Foto: Sputnik

Foto: Elke Wetzig / Vikipediya
2020 yil 30 avgust kuni yangi yerusti halqa metro yönalişining birinçi bosqiçi (7 ta bekat) işga tuşirildi.
Şuningdek, 2020 yil 26 dekabrda 5 ta bekatdan (6-çisi qurilişda) iborat “Sergeli” yerusti yönalişi işga tuşirildi va bu “Çilonzor” metro yönalişining mantiqiy davomi böldi.




















