3 noyabr kuni Özbekistonda Telegram, Instagram va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar bloklanişi ortidan qiziq voqealar röy berdi. Kun.uz bu voqealarni keltirib çiqargan qonun salbiy ta'sir qilişi mumkin bölgan sohalarni sanaşda davom etadi. Bu safar ijtimoiy tarmoqlarning bloklanişi borasida onlayn biznes egalarining fikrlari bilan qiziqdik.

“Mijozlar bilan aloqa qiyinlaşdi” – Lebazar.uz internet dökoni asosçisi Botir Orifjonov

Foto: M-Faktor

“Ijtimoiy tarmoqlardan biz asosan mijozlarimiz bilan kommunikatsiya va reklama uçun foydalanamiz. Mijozlar bizga buyurtma beriş uçun portalimiz orqali murojaat qiladi, lekin mana şu qisqa bloklaniş vaqtida mijozlar bilan aloqa qiyinlaşdi.

Bundan taşqari, reklamaga qiladigan xarajatlarimiz bor. Bu ma'lum körsatkiçlar va soatlarga boğlangan, şular kamaydi desa böladi. Qisqa muddat bölgani uçun bu bir soatlik bloklaniş iş jarayonimizga töğridan töğri keskin ta'sir qilmadi. Lekin bu kelajakda davomiy, takrorlanuvçi holat böladigan bölsa, biznesga ta'siri kattalaşadi.

Ötgan haftadagi bloklanişning yetkazgan moliyaviy zararini hisoblab çiqmaganmiz, çunki bunday savol ilgari kötarilmagan edi. Bu narsaga endi qaraşni boşlayapmiz”, – deydi tadbirkor.

U internet töxtaşi va sifati buzilişi biznesga qattiqroq ta'sir qilişini ta'kidladi.

“Misol uçun, kun davomida buyurtma oladigan bölsak, iş vaqtidagi 8 soatdan bir soatida internet işlamasa ham buyurtmalarimizning sakkizdan bir qismini yöqotamiz. Xuddi şunday, ijtimoiy tarmoqlar 1-1,5 soat işlamayotgani uçun mijoz biz bilan muloqot qila olmasa, keyingi murojaatini yuboriş uçun bir neça soat ötadi va bu oradagi vaqtda buyurtmalarimiz yöqotilişiga sabab böladi”, – deydi tadbirkor.

“Bu kiçik va örta biznes çöntagiga berilgan zarba” – Asaxiy.uz internet dökoni rahbari Firuz Allayev