Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi bog‘chada sodir bo‘lgan ayollar janjali tafsilotlari ma'lum qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Nishon tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bir guruh ayollar o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi janjal tafsilotlarini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil 1 noyabr kuni Nishon tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirasi I.F. va mazkur bog‘chada yordamchi tarbiyachi bo‘lib ishlovchi G.D. o‘rtasida avvaldan bo‘lib kelgan nizo tufayli tortishuv yuzaga kelgan. Shu kuni soat 10:30 larda G.D bog‘chaga oila a'zolarini boshlab kelgan. Oqibatda bog‘cha hovlisida, kirish eshigi yonida mudira va G.D.ning oila a'zolari o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.
Ta'kidlanishicha, hodisada tan jarohati olganlar borligi va jinoyat alomatlari bilan bog‘liqligi sababli janjal bo‘yicha surishtiruv hozirda tuman ichki ishlar bo‘limi nazoratiga olingan.
«Ushbu yuzasidan to‘liq ma'lumotlar surishtiruv jarayonlaridan so‘ng ma'lum qilinadi. Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi ishchi guruhi o‘rganishni davom ettirmoqda. Ushbu holatning yuzaga kelish sabablari, maktabgacha ta'lim tashkilotidagi muhit va boshqalar xususida ishchi guruh xulosasiga ko‘ra ma'lum qilinadi. Taraflarning aybdorliligi tuman IIB surishtiruv natijalari va ishchi guruh o‘rganish xulosalariga ko‘ra belgilanadi», deyiladi viloyat MTB ma'lumotida.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026