Hisob palatasining 2022 yil uçun davlat budjeti yuzasidan e'lon qilgan xulosasiga köra, budjet tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta'minlaş hamda davlat taşqi qarzi hajmining ösiş sur'atlarini sekinlaştiriş maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:

  • Özbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldiğining miqdori joriy yil yalpi içki mahsulotiga nisbatan 60 foizdan oşmasligi;
  • 2022 yil davomida Özbekiston nomidan va uning kafolati ostida içki va taşqi qarzlarni jalb qiliş böyiça yillik imzolanadigan yangi bitimlarning çeklangan sof hajmi 4,5 mlrd AQŞ dollari, şundan davlat budjetini qöllab-quvvatlaş va loyihalarni amalga oşiriş bilan boğliq bölmagan çora-tadbirlarni moliyalaştiriş uçun – 2 mlrd AQŞ dollari, investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun - 2,5 mlrd AQŞ dollari miqdorida jalb qilinişi limiti örnatilmoqda;
  • 2022 yil uçun Özbekiston Respublikasi nomidan çiqariladigan davlat qimmatli qoğozlarining çeklangan sof hajmi - 6 trln söm miqdorida bölişi;
  • 2022 yil uçun Özbekiston Respublikasining konsolidatsiyalaşgan budjeti taqçilligining yuqori çegarasi yalpi içki mahsulotga nisbatan 2,5 foiz miqdorida belgilanmoqda.

Avvalroq, «Özbekistonning taşqi qarzi» mavzusida oçiq muloqot şaklidagi matbuot anjumanida Moliya vaziri Timur Işmetov joriy yil uçun taşqi qarz oliş limiti 5 milliard dollar qilib belgilanganini aytib ötgandi.