Kun.uz manbasi xabar berişiça, Qonunçilik palatasida deputatlar Behzod Musayevni soğliqni saqlaş vaziri lavozimiga tasdiqlaş haqidagi masalani körib çiqib, ma'qullaş böyiça qaror qabul qildi. 

Behzod Musayev 1973 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy. 1995 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 2010-2011 yillarda Soliq qömitasi raisi birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, uning 2011 yildan 2016 yilgaça bölgan faoliyati haqida ma'lumot yöq. U 2018 yilning mart oyida Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari vazifasiga, öşa yili dekabr oyida esa Davlat soliq qömitasi raisi etib tayinlangandi.

Behzod Musayev 2020 yilning may oyida boş vazirning ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimini egallagan.

Ma'lumot uçun, 2020 yilning noyabr oyida soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Abduhakim Hojiboyev Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan SSV rahbari lavozimi uçun tasdiqlangandi.